Molni pulini oldindan arzon narxda to‘lash
Assalomu alaykum! Ustozlar, mahsulotni odatdagi o‘rtacha narxi 3000, lekin dehqonni bahorda mablag‘i yo‘qligi sabab, savdogardan uning hosil pishgandagi narxidan qat’iy nazar 2000 so‘mdanga berishga kelishib savdo qilishsa, ularning bu kelishuvi ikki tomon uchun ham halol bo‘ladimi?
Kelishuv: Bahorda dehqon mablag‘ni to‘liq oladi va kuzda xirmondan savdogar hosilni qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, bergan mablag‘i miqdoridagini olib ketadi, agarda tabiiy ofat yoki boshqa biror sabab bilan hosil bo‘lmasa ham dehqon belgilangan mahsulotni bozordan sotib olib bo‘lsa ham beradi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bayi salam. Bayi salam deb sotuvchi va xaridorning orasida “Xaridor pulni darhol beradi, ammo sotuvchi sotayotgan narsasini ma’lum bir muddatdan keyin beradi”-deb kelishilgan savdoga aytiladi. Bayi salam savdosi vaqtida sotilayotgan narsa mavjud ham ta’yin ham va na sotuvchining mulkida ham bo‘lmaydi. Shuning uchun ham bu savdo aslida joiz bo‘lmasligi lozim. Ammo shari’at odamlarning zarur hojatlari, xususan dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan kishilarning ehtiyojlarini e’tiborga olib bu savdoga ijozat bergan. Chunki, bu savdoda sotuvchi va xaridorning har ikkisiga foyida bor. Masalan, sotuvchi pulni oldindan olsa, u pul bilan oilasini boqadi va yana dehqonchilikka tegishli urug‘ va boshqa narsalarni ham sotib oladi. Xaridor esa, oldindan pul bergani uchun olayotgan narsasini ommaviy narxdan arzonroqqa oladi. Yana bir jihatdan pul oldindan to‘langanligi uchun kelajakda bozordagi narxning ko‘tarilib tushishidan ikkovlari ham omonda bo‘ladilar. Bunday yo‘l bilan ikkovlari ham o‘z tijoratlarini rejalashtirib oladilar. Bay salam to‘g‘ri bo‘lishining shartlari. 1. Kelishilgan savdo molining jinsi, navi, sifati va boshqa tegishli narsalari to‘liq bayon qilinishi lozim. 2.Kelishilgan savdo molining miqdorini, topshirish muddatini, narxini va agar u narsa ko‘chirish mashaqqatli bo‘ladigan narsalardan bo‘lsa, uni toshirish joyini ta’yin qilib ochiqchasiga bayon qilinishi lozim. 3. Kelishilgan savdo moli savdo vaqtidan topshiradigan muddatgacha bozorlarda topiladigan narsa bo‘lishi lozim. 4. Kelishilgan savdo molining sifati va miqdori aniq tarzda ta’yin qilingan va ajratilgan bo‘lsin. 5. Kelishilgan savdo molini topshirishning eng kam muddati bir oy bo‘lsin. 6. Sotuvchi pulni xaridordan savdo vaqtida olsin. 7. Bay salamda ta’yin narsani sotib bo‘lmaydi. Masalan, oldida mavjud bo‘lgan biror mashinani bayi salam savdosi bilan sotib bo‘lmaydi. Chunki, bu mashina xaridorga topshiriladigan muddatgacha turmasligi ham mumkin. Shuningdek bir xos bog‘ning mevalarini ham bayi salam savdosi bilan sotib bo‘lmaydi. Masalan, bir kishi “Shu bog‘ning olmalarini bayi salam savdosida sotaman”-desa joiz emas. Chunki, u bog‘dagi olmalarning pishib etilishini yoki biror talofatga uchrashini hech kim bilmaydi. Ammo, salam savosida “Falon navli olmani falon vaqtda tayyorlab beraman”-deb kelishsa va hohlagan bog‘idan ularni tayyorlasa joiz bo‘ladi. 8. Salam savdosi faqat bir hil bo‘lgan narsalardagina bo‘ladi. Masalan, bug‘doy borasida. Uning har donasi boshqa donalari bilan bir hil bo‘ladi. Narxida farq qiladigan darajada har-hil bo‘lmaydi. Bunday narsalarni fiqhda “Zavaatul amsaal” ya’ni bir hil narsalar deyiladi. Odatda kilolab yoki litrlab sotiladigan barcha narsalar bir hil narsalar hisoblanadi. Biri boshqasidan farq qiladigan narsalarda bayi salam savdosi joiz emas. Masalan, jonivorlar biri biridan bir oz bo‘lsada farq qiladi va qiymati ham alohida-alohida bo‘ladi. Bunday narsalarni fiqhda “Zavaatul qiyam” ya’ni ...deyiladi. Odatda kilolab yoki litrlab sotilmaydigan barcha narsalar “Zavaatul qiyam”.... narsalardan hisoblanib, ularning har birini narxi alohida-alohida bo‘ladi. Ammo, tuxum kabi biri boshqasidan ko‘p farq qilmaydigan donalab sotiladigan narsalarda bayi salam joiz. Bayi salamning hukmlari. (Salam savdosining hukmlari). 1. Salam savdosida sotuvchi kelishilgan narsani xaridorga topshirmaguncha xaridor uni boshqa odamga sotishi joiz emas. Chunki, kelishilgan narsani qo‘lga kiritmasdan oldin sotishning joiz emasligi yuqorida bayon qilingan. 2. Sotuvchi kelishilgan vaqtda kelishilgan narsani xaridorga bera olmasa xaridor o‘sha narsaning o‘rniga boshqa narsani olishi joiz emas. Bunday suratda xaridor bergan pulini qaytarib oladi yoki sotuvchiga yana muhlat beradi va sotuvchi u narsani olganda xaridorga etkazib beradi. 3. Salam savdosida shart qo‘yish ixtiyori yoki ko‘rib tanlash ixtiyori bo‘lmaydi. Sotuvchi savdoda kelishilgan narsani kelishilgan sifatga muvofiq topshirishi lozim. Agar kelishilgan narsa kelishilgan sifatga muvofiq bo‘lmasa, xaridor uni qabul qilmasligi mumkin va kelishilgan narsani kelishilgan sifatga muvofiq etkazib berish sotuvchiga lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 12:55 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat