Universitetda yo‘qlama qilish
Assalomu alaykum! Man universitetda guruh sardoriman. Aksariyat hollarda, deyarli 30-40% holatlarda jurnalda yo‘qlamani o‘zim qilaman. Bir talabaning ma’lum miqdorda NB (darsga kelmaganlik belgisi) soni bo‘lsa, hayfsan oladi, hatto kursdan kursga qolib ketishi mumkin. Shuning uchun deyarli hamma kursdoshlarim mandan iltimos qilishadi. Ba’zida yordam qilaman, ba’zida esa yo‘q. Chunki ularning ba’zilari ishlaydi, charchab uxlab qoladi. NB qo‘ysam, mandan xafa bo‘lishadi. Endi savol. Man shu kursdoshlarimga NB qo‘ymasam, gunoh qilgan hisoblanamanmi? Ular begona emas, axir birga o‘qiymiz…
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Darsda yo‘q odamni bor deb belgilash ham yolg‘onning bir turidir. Boricha yozing. Vallohu a’lam!
3 Iyul 2022, 17:57 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar