Internetda behuda vaqtini o‘tkazayotganlar haqida

Hozirgi yoshlarni aksariyati foydasiz saytlarda (omonat bo‘lgan bu) vaqtlarini behuda o‘tkazishadi. Hazrat iltimos, mana shu xususida ozgina bo‘lsa ham dastur chiqarsangiz. Zora shunaqangi insonlar internetda vaqtlarini behuda o‘tkazish o‘rniga unumli foydalanib qolishsa. Alloh taloning omonati bo‘lgan bu vaqtni behuda o‘tkazishayotganiga achinaman. Agar taklifim noo‘rin bo‘lgan bo‘lsa ming bor uzr.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Juda ham to‘g‘ri fikr. Mo‘min banda umrining har bir lahzasiga javobgardir. Alloh unga bergan umr ne’matining har bir lahzasi uchun qiyomat kuni javobgardir. Bu borada mening ma’ruzalarim bor edi. O‘shalarni topib saytga qo‘yarmiz degan umiddaman. duo qilib turinglar.

26 May 2022, 20:05 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar