Ming taloq

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bir erkak xotiniga ming taloq qo‘ygan va nikoh o‘qib yashagan. Bir yil o‘tib, yana ming taloq qo‘ygan. Endi yana birga yashasa yo‘l bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar er xotiniga: «Seni shiddatli, qattiq, eng katta, eng uzun, eng keng taloq qo‘ydim» desa, yoki «tog‘dek, ming taloq, qum taloq qo‘ydim» kabi lafzlarni aytsa, uning niyati so‘raladi. Agar «uch taloqni niyat qilgan edim» desa, uch taloq tushadi. Ikki taloq yoki bir taloqni niyat qilgan bo‘lsa, bir taloq tushadi. Bu holatda ikki taloq tushishi mumkin emas. Bunday masalani hal qilish uchun ilmli odam bilan taraflar ishtirokida jonli majlis bo‘lishi kerak. Yana boshqa savollar ham chiqib qolishi mumkin. Mening “Kifoya” kitobimda aytilgan narsa, oddiy holatlarga bog‘liq. Ulamolar aytayotgani ichib olganlarga qaratilgan. 2. “ka olfin” degani “mingga o‘xshab” degani.3. “Misli alfin” degani “ming misoli” degani

26 May 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar