Merosni ishlatish

Assalomu alaykum! Men 1990-yil sentyabr oyida turmush qurdim. 1991-may oyida turmush o‘rtog‘im avtoxalokatga uchrab 3-gurux nogironi bo‘lib qoldilar. Mexnatga layoqatlari cheklangan. Chap oyoqlari 4 joyidan singan. Allohga shukr 3 nafar farzandim bor baxtli ayolman. Men xalol topdim, xalol ishladim, xech kimga yomonlik qilmadim, boriga shukr qildim. Yaqinda menga uzoq tanishim kam bo‘lmagan chet valyutasida meros qoldirishini aytdi. Men merosxo‘r sifatida u pullarni qanday ishlatishim, ya’ni qanday zakot berishim yoki xayr qilishim mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Meros qoldirgandan keyin shaxsiy mulkingiz bo‘lsa xohlaganizcha ishlatishingiz mumkin. Nisob miqdoricha bo‘lsa avvalgi nisob molingiz bo‘lsa qo‘shib zakot chiqarasiz. Agar nisob egasi bo‘lmasangiz merosni olgandan keyin bir yildan keyin nisob miqdorida qo‘lingizda moli bo‘lsa zakot chiqarasiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 15:43 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar