Farzandimni familyamga olsam joizmi?

Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Meni 6 yoshlik o‘g‘lim bor. Xo‘jayinim bilan ajrashganmiz. Xo‘jayinim folbin ekan, oilamning majburlashlari sabab bilmay turmush qurganman. Men xo‘jayinim bilan ajrashganimdan keyin, boshqa turmush qurmadim. Mana o‘g‘lim olti yosh bo‘ldi. Ammo xo‘jaynim yoki uning oilasi biror marta ham xabar olmagan. Xatto bolam uchun 1so‘m pul bermagan, o‘zim ham so‘ramaganman. Uning topgani xarom deb uylab, shu o‘g‘limni o‘zimning familiyamga o‘tkazsam bo‘ladimi? Familiyamga o‘tkazishimning sababi, men chetga chiqqanimda o‘g‘limni o‘zim bilan olib chiqish. Agar o‘g‘lim ho‘jayinimning nomida bo‘lsa, familiyasi men dokument qilishda xo‘jayinimdan ruxsat so‘rashim kerak bo‘ladi. Xo‘jayinim esa bunga ruxsat bermasligi aniq. O‘zi ruxsat bermaydi, ammo o‘g‘limdan xabar ham olmaydi. Boquvchim bo‘lmagani sababli ishlashga majburman, bu erda ishlab turgan ishim qariyalar uyida edi, u yopildi. Xozirda ro‘molim sababli boshqa ishga kirolmayapman. Shunga o‘g‘limni o‘z familiyamga olsam shariatda ruxsat bormi ustoz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Boshqa iloji bo‘lmasa, qilasiz. Ammo boladan otasi kimligini yashirishi mumkin emas.

26 May 2022, 20:33 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar