Quyidagi holatda homilani oldirish

Assalomu alaykum! Biz hozirda ayolim bilan horijda yashaymiz. Hozirda ayolim homilador va homila taxminan 6-chi xaftasida. Bizni 11 oylik chaqalog‘imiz bor va ayolim hozir ham bolani ko‘krakdan to‘liq ajrata olgani yo‘q. Chaqaloq kechalari ham faqat ko‘krak bilan uyquga ketadi. Buning ustiga ayolimni burun qismida yallig‘lanish hastaligi mavjud va bundan 3 oy oldin narkoz bilan operatsiya bo‘lgan. Operatsiyadan keyin ham to‘liq tuzalib ketmagach, shifokor bu xastalikni davosi uchun antibiotik dorilar olish zarur bo‘lishini aytdi. Antibiotiklar esa homila uchun xavfli hisoblanadi. Emizikli davrda bo‘lgani uchun va buning ustiga burun qismida xastalik bo‘lgani uchun, homiladorlik ayolimga og‘irlik qilishi mumkin. Men shariatimizdagi bir qancha fatvolarni o‘qidim, bularning hammasida 40 kungacha, agar onaning hayotiga xavf bo‘lsagina, homila oldirilishi mumkin deyilgan ekan. O‘zimizcha xulosa chiqarib, Allohga gunoh qilishdan qo‘rqayapmiz. Shunday holatda homilani oldirsa bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Izlash xizmati”ga kirib “Abort” deb qidiring. Bu kabi savollarga Ustozimiz bir necha marta javob berganlar. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:47 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar