O‘quv markazdagi qarzdor talabalar
Assalomu alaykum! O‘quv markazimizdagi quyidagi holat bizni qiynayotgan edi. O‘qituvchilar bilan oylikni tushgan tushumdan foiz kelishganmiz (chegirma bo‘lganda ham ikki tomondan kam bo‘ladi, chunki tushgan tushum hisoblanadi). Talabalar to‘lovni vaqtida to‘lashlari qiyin, va ba’zilari hattoki shunchaki to‘lamay ketib qolishadi. To‘lovlar bilan ishlash o‘quv markaz zimmasida. To‘lovni undirish uchun qattiq choralar ko‘rilgan. Shunda ham talaba anavi kuni beraman deb yo‘q bo‘lib ketadi. Ular bilan tez-tez aloqa o‘rnatishga harakat qilamiz. Ba’zilar nomerimizi shunchaki blokka tiqib qo‘yadi yoki nomerini tashlab yuboradi. Kelishuvda o‘quv markaz to‘lamagan o‘quvchilarni pulini to‘lab beradi deyilmaydi. Lekin qarzdorlar bilan alohida shug‘ullaniladi. Shunchaki tashlab qo‘yilmaydi. Shu o‘qib darsga to‘lov qilmaganlarni o‘qituvchilarning haqqini o‘quv markaz to‘lab berishga majburmi (Talaba to‘lov qilmasada)?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, majbur. Vallohu a’lam!
16 Dekabr 2023, 11:48 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, majbur. Vallohu a’lam!
16 Dekabr 2023, 11:48 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom