Harakatni ko‘paytirish
Assalomu alaykum! Men yoshligimdan xalol pul topish, oilamga xalol luqma edirishga astoydil xarakat qilaman. Alhamdullillah topishim oilam va o‘zimning e’tiyojlarimga etadi. Xullas o‘rta umr kechirish uchun etarli. Rizq albatta Allohdan uning adadini O‘zi o‘lchab beradi. Men bilmoqchi bo‘lgan narsa shuki nazarimda ko‘proq harakat qilsam bundanda ko‘proq topa olaman deb uylayman(albatta Allohning xoxishi bilan), bu holatda agar mablag‘im ko‘paysa savob ish qilish imkoniyatim ko‘payadi. Men xarakatning ko‘pligi sababli topadigan pulimning miqdori ko‘payishini bilib turib, hozirgi kundagi oilaviy ehtiyojdan tashqari boylik topishga intilmasligim, harakatni ham harajatni ham o‘rtacha qilib yurganim yaxshimi yoki astoydil harakat qilib ya’ni maksimal darajada harakat qilib yaxshi ma’noda boylik to‘plab, savob qilish imkoniyatini ko‘paytirganim yaxshimi? (Harakatni dunyoga berilib ketmasligim uchun me’yorida ushlab turaman. Zaxirada yana vaqtim qoladi).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kasbingiz halol kasb bo‘lsa, kasbingizni fiqhini bilsangiz, Allohning farzlarini vaqtida ado qilsangiz, ko‘proq topishga harakat qiling va uni yaxshilikka sarflayvering. Albatta harakat bandadan natija esa Allohdandir. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 05:35 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat