Gunoh emasmi

Assalomu alaykum! Mahallamizda taxminan 10 yildan beri ishlamayotgan Masjid bor, ancha eski, lekin ko‘rgan odam masjid ekanligini darrov biladi. Bir kishi shu masjidning xovlisiga xususiy futbol maydoni qurdi, hech qaerini buzmadi. Masjid devorlari hatto asosiy honaqoh ham turibdi. Ko‘pchilik u erda futbol o‘ynasa gunoh bo‘ladi deyishyapti. U erda o‘ynasa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lmaydi. Lekin odobdan emasligi albatta to‘g‘ri. Qachonlardir masjid ochilsa joyiga qaytaradi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 21:56 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar