Junub holida uhlash

Assalomu alaykum! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (rohimahulloh) qalamlariga mansub "Rasululloh" kitobida ushbu hadis keltirilgan: Oisha (r.a.) dan rivoyat qilinadi : "Nabiy sollallohu alayhi vasallam junub hollarida uxlamoqchi bo‘lganlarida farjlarini yuvar va namozning tahoratini qilar edilar." Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan. Men "Zikr ahlidan so‘rang" telegramm kanalida bir kishiga junub holida g‘uslni kechiktirishni o‘zi katta gunoh kabi javob berilganini o‘qiganman. Unda nega Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uxlashga junub holida yotganlari hadisda keltirilgan. Yoki ularning sharoitlari yoki holatlari boshqacha bo‘lganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Biz javoblarda junub holatni namoz vaqtigacha kechiktirish, ya’ni namoz qazo bo‘ladigan darajada kechiktirishni joiz emas deb yozganmiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:26 | Savol-javoblar | 145 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar