Nomahram ayollarga lutf

Sizning Olloh yo`lida qilayotgan ishlaringizga Ollohdan ulkan ajrlar berilishini duo qilib qO‘yidagicha savol bermoqchiman: Sizning qO‘yida https://Islom. Uz/savollar/smf/index. Php/topik, 31823. 0. html gi boo‘ichda so‘ralgan savolga javoban nomahram ayollarga "azizam" yoki "falonchim" deb lutf kO‘rsatilishi mutlaqo mumkin emas degansiz. Bunga amal qilishim shubhasiz. Lekin sizdan ham olim ham bir-nechta tilni O‘sha millat ziyolisi darajasida biluvchi tarjimon sifatida so‘ramoqchi bo‘lgan narsam shundan iboratki, Ingliz tilida har qanday tanimagan yoki hurmat qilinadigan odamga nisbatan yoziladigan xat aksariyat hollarda "Dear Sir/Madam, yoki Dear Mrs. Nozimova, yoki Dear friend" kabi sO‘zlar bilan boshlanadi, bu xuddi rus tilidagi "uvajaemiy", O‘zbek tilidagi "Hurmatli" sO‘ziga tO‘o‘ri keladi, yoki xat davomida ham dO‘stlarga "my dear" ya`ni "moy uvajaemiy" yoki "hurmatli dO‘stim", "qadrdonim" kabi sifatlarda ishlatiladi. Xuddi shu Dear sO‘zini esa ingliz-O‘zbek tili luo‘atida "hurmatli"dan tashqari "azizam, yoki jonon" degan ma`nolari ham berilgan. Sizning yuqorida boo‘ichi keltirilgan savolga bergan javobingizdan sO‘ng, bir hurmatli dO‘stim nomahram har qanday ayolga "my dear" degan sO‘zni ishlatish mumkin emas degan fikrni olo‘a surmoqdalar. Iltimos shuni aytsangiz. Savolimda juda kichik masalani kO‘tarib sizning qimmatli vaqtingizni olganim uchun oldindan uzr so‘rab, xat boshidagi duolarimni yana bir bor qilib qolaman. Hurmat bilan, Abdulloh
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hurmatli desa bo‘ladi.

26 May 2022, 21:31 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar