Yoshi ulug‘ kishining ro‘zasi

Sizga Allohdan ikki dunyo saodatini so‘ragan holda, quyidagi savolni bermoqchiman: Ustoz! Onamning yoshlari 72 da. Ramazon oyida qiynalasiz, yaxshisi fidya berib qo‘ya qolaylik desak, unamay ro‘za tutdilar. Ramazon oyi oxirgi o‘n kunligida kunlar qattiq isib ketgani bois, hovlida biroz ishlar bilan kuymalanib, issiqda o‘zlarini yomon his etib ro‘zalarini ochib yuboribdilar. Hazratim! 1 kuniga 1 kun tutib beradilarmi yoki nima qilsak bo‘ladi. Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qazo tutish og‘ir kelmasa, tutsinlar.

26 May 2022, 21:55 | Savol-javoblar | 150 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar