Qur’an kimlar uchun nozil bolgan?

Hurmatli shaih hozratlari! Allah Zhannatnin Ferdausi bilan suiinshilasin!Bugungi kuni Quranni maitlarga olgan kishilarga Qur‘annin barakasin tilash bid‘at deishilar kopaiip barmokta. Mana shular hozir menga birinchi namazni duristap al dep aitman. Dalil bilat hujjat keltirin kuran boladiganiga dep sokishmokta. Shunga Allah rizoligi uchun tolyk yauab bersangiz. Shunki oddi halyk kimga senarin bilmai boshi katyapty. Agar bu masalaga oldin javob berilgan bolsa kaierdaligini korsatinlarchi. Men Ozbeksha yazhishni bilmaganlikdan bolar topolmai otiripman.Allah sizlarga amanlik va barakatin bergay.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘lganlarga Qur’on qiroat qilishning hukmiAlbatta, Qur’on tilovati eng afzal ibodatlardan bo‘lib, u bilan musulmon banda rabbisiga yaqin bo‘ladi. Qur’on qiroati inson xoh vafotidan keyin bo‘lsin, xoh manzilida yoki uyida bo‘lsin, xoh janozadan keyin yoki oldin bo‘lsin yoki qabr oldida bo‘lsin, bu narsa shar’iy hukmda joiz bo‘lib, Allohning fazli bilan mayyitni qabrida azobdan engillashishiga sabab bo‘ladi. Bu haqda Rasululloh (s.a.v.) xabar berib, o‘liklarga vafotidan keyin Qur’on qiroat qilishga undaganlar. U zot: "Biror mayyitga «Yosin» surasi o‘qilsa, engillik bo‘ladi", deb aytganlar. Albatta ushbu qiroatda tilovat odoblariga amal qilib, harflarni o‘z maxrajidan chiqarish kerak.Hanafiy mazhabidagilar mayyitga hamda tiriklarga ham Qur’on qiroatining savobi etib borishini joizligini aytishgan. Hidoya, Badoi’, Bahr va boshqa kitoblarda bu haqda aytilgan. Shuningdek, Shofe’iy mazhabi ulamolari ham qiroatni savobi agar o‘quvchi Allohdan so‘rasa, mayyitga etib borishini aytishgan.Ibn Abu Zayd "Risola" kitobida Ibn Farhundan rivoyat qilib aytishlaricha, Molikiy imomlari ham mayyitga qiroat savobi etishini naql qilishgan.Hanbaliy faqihlaridan Ibn Qudoma "Mug‘niy" kitobida, mayyit barcha qurbat bo‘luvchi narsalardan manfaat olganidek Qur’on qiroatidan ham manfaat oladi. Demak inson qanday qurbat qilsa ham savobini mayyitga bag‘ishlasa Allohni izni bilan manfaat oladi.Ibn Qudoma Ma’qal ibn Yasordan qilgan rivoyatlarida Rasululloh (s.a.v.): "O‘liklaringizga Yosin surasini o‘qinglar", deb aytganlar.Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Qur’on tilovati mayyitga xoh u mayyit qabrda bo‘lsin yoki undan uzoqda bo‘lsin, joizdir. Alloh izni bilan savobi mayyitga etib boradi. Xususan qori qiroati savobini mayyitga bag‘ishlasa».- Siz har kimning gapiga kirmay, taqvodor ilmli kishilardan birini o‘zingizga ustoz qilib oling va aytganini qiling.

2 May 2022, 14:55 | Savol-javoblar | 139 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar