Musulmon odamning xoch(krest) ko‘tarishi

Bir nasroniy ayol vafot etdi (turmush o‘rtog‘i o‘zbek bo‘lgan). Uning o‘g‘li obro‘li inson bo‘lganligi sababli, ko‘mish marosimida tobutini ham, uning oldidagi krestini ham musulmon yigitlar ko‘tarishdi(ko‘mish marosimida nasroniy dindagilar ham bor edi). Shu ayol tiriklik paytida uyiga yo‘qlab kelgan o‘zbeklarga krestini o‘ptirar edi. Ko‘mib bo‘lingandan keyin, musulmonlarniki kabi uyida 3 kun masjid imomlari(bitta imomni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, qolganlarini eshitdim) tilovat qilib o‘tirishibdi. Keyin nasroniylar kabi "pominka"lari ham bo‘lib o‘tdi. Bu holat noto‘g‘ri ekanligini sezib tursamda, sizning qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr so‘rayman. Lekin bu holatni ko‘rgan odamlar shunday bo‘lishi to‘g‘ri ekan, deb o‘ylashi ham mumkin. Musulmonlarning bunday qilishlari to‘g‘rimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Mutlaqo noto‘g‘ri. Tanishi bo‘lsa, janozaga borib bir chekada turadi.

26 May 2022, 17:51 | Savol-javoblar | 139 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar