nimaga bunday bo‘ladi? Eki ilmsizlikmi?

Assalomu aleykum Ustoz Ramazon muborak bo‘lsin va sizga bu Muborak oyda kuch-kuvvat bersin Alloh taolloning uzi. Ustoz shu savolni berishga to‘g‘risi uyalaman lekin berishga majburman. Bir ma’lumotni oldim Buxorodan tanishlardan ularga 10 iyuldan ro‘za tutisharkan. Sizning Ramazon takvimizda esa O‘zbekistonda 9 iyuldan Ruza ya’ni og‘iz epik bo‘lishi kerak. Shunday bo‘lishi mumkinmi eki ilmsizlikmi? Axir Toshkent bilan Buxoroni dakikaga farki bor lekin kunga farki bulmasa kerakku? Shu yilida 1 marta keladigan Ramazon oyini shunaka muammo bilan kutib olish to‘g‘rimi? Uzr Ustoz noto‘g‘ri gapirgan bo‘lsam. Ustoz ular 9 chi iyuldan Ruza tutaversinlarmi eki yo‘q? Sizning javobingizni ular kutib turishibdi. Men uzim chet eldaman bizlarda ham 9 iyuldan Ruzaning 1chi kuni. Ustoz meni va oilam xakkiga duoda bo‘ling Ramazon oyida. Javob uchun oldindan rahmat. Assalomu aleykum.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hamma 10 – dan ro‘za tutadi.

26 May 2022, 22:30 | Savol-javoblar | 130 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar