Qazo namozlarini o‘qishda

Assalomu alaykum! Ustozlar, Alxamdulillax man bugundan qazo namozlarimi boshladim. Savolim shuki man azon va iqomat aytdim va niyatda Alloh rizoligi uchun o‘tgan qazo namozlarimi o‘qishni niyat qildim Bomdod namozini ikki rakat sunnatini deb qildim shu qilgan niyatim to‘g‘rimi?
2). Keyin bomdod namozini farzini o‘qidim va peshin asr shom xufton vitr xammasini boshida iqomat aytdim shu qilganim to‘g‘rimi?
3). Bitta taxorat olib ikki uch kunlisini o‘qisam bo‘ladimi yo xar bir kunlik uchun aloxida olish kerakmi? So‘raganimi boisi manda el muammosi bor, shunga.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Sunnatning qazosi o‘qilmaydi. Farzni o‘zini o‘qishingiz kifoya. 2). To‘g‘ri. 3). Sizda el muammosi bo‘lsa, o‘zingizni sohibi uzrlarning safiga kirish-kirmasligingizni tekshirib chiqishingiz kerak. sohibi uzr quyidagi linkda. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/maqola/586

28 Aprel 2022, 23:57 | Savol-javoblar | 167 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar