Tahorat borasida
Assalomu alaykum! Menda juda ko‘p holatda qornim dam bo‘ladi. Har bir namozim oldidan tahorat olaman. Hattoki ba’zan tahorat olib bo‘lganimdan keyin ham buzilib qoladi. Yana qaytadan qilishimga to‘g‘ri keladi. Namoz o‘qiyotgan vaqtimda tahoratim ketsa namozni buzib boshqattan yangi olib kelishim shartmi. Ya’ni sohibi uzrli holatiga mening sababim to‘g‘ri keladimi? Agar bo‘lsa faqat farz namozi uchunmi yoki sunnat namozi uchun ham o‘taveradimi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir namoz vaqti kirganidan to chiqib ketguniga qadar uzrdan xoli holatda tahorat olib farz namozni o‘qishga imkoniyat topa olmasangiz sohibi uzr bo‘lasiz. Sohibi uzr har namoz vaqti uchun tahorat oladi va o‘sha vaqt ichida istagancha farz va nafl namoz o‘qishi mumkin. Vallohu a’lam!Ushbu linkdagi maqolani o‘qing:https://fiqh.uz/maqola/586
11 May 2022, 09:54 | Savol-javoblar | 177 | Tahorat