Islomiy va «yangicha» to‘y qilish haqida?

Men 19 yoshdaman. Ko‘p tanishlarimdan, yana ayrim odamlar bilan oila qurish haqida gaplashib qolsak, ayrimlar Islomiy to‘ydan boshqasi harom, juda katta gunoh deyishadi. Yangicha to‘y qilish ham, yangicha to‘yga borish ham yuz yil do‘zax azobi beriladi degan gaplarni ham aytishadi. Islom dinida me’yordan chiqmagan holda, ortiqcha isrofgarliklarsiz yangicha to‘y qilishga ruxsat bormi?  
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Islom ko‘rsatmasi bo‘yicha bo‘lsa, durust. Ya’ni dinimizga xilof ishlarni qilmasdan.

26 May 2022, 23:25 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar