Namozdagi soch va kiyim haqidagi hadis
Assalomu alaykum! Sajdadagi a’zolar va soch, kiyimni yig‘ishtirib olishdan hamda namozda sochni yig‘ishtirib orqaga tashlab olishdan man etilgani Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamga etti (a’zo) bilan sajda qilishga buyurildi. Va sochi hamda kiyimlarini (namozda) yig‘ishtirib olishdan man etildi.
Abu Rabe’ aytdilar. Etti a’zoda ya’ni ikki kaft, ikki tizza, ikki qadam va peshonasi bilan sajda qilishga buyurildi. Ammo sochi va kiyimini yig‘ishtirishdan man etildi. Shu hadisdagi kiyim va sochni yig‘ishtirishni tushuna olmadim, tushuntirib bersangiz?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalda erkaklarning sochlari ham uzun bo‘lgan. Hadisdan maqsad erkaklar sochlarini ayollarniki kabi turmaklab olishlari joiz emasligidir. Kiyimni ham etagini belbog‘ga qistirib olmasdan o‘z holicha tashlab qo‘yishdir. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 04:33 | Savol-javoblar | 199 | Hadislar