Muzoraba masalasi
Do‘stim bilan bir ishda sherikchilik qilmoqchimiz. Men unga ma’lum (bir tonna materialga etadigan) miqdorida pul berib, tekstil sehing uchun material to‘qitishga ishlatasan, undan boshqa narsaga ishlatmaysan deb tayinladim va shu materialdan qoladigan foydani bo‘lishishga kelishdik (tikib sotilgan foydaga men aralashmayman). Shunki u materialni bozordan 14000 so‘mdan sotib oladi. Men pul berganimdan keyin bozordan emas, to‘quv sehidan to‘qitib, bo‘yatib oladigan bo‘ldi. Bunda materialning kilosi 12950 so‘mga to‘g‘ri keldi. Lekin men faqat pul berdim, ishni esa u qiladigan boldi. Biz Muzorabaga kelishmoqchi edik, lekin bir narsaga oydinlik kirita olmayapmiz. Bilishimcha Muzoraba shartlariga ko‘ra, sarmoya to‘liq tiklanib, sarmoyadorning qo‘liga tegmagunicha foydani bo‘lishib bo‘lmaydi. Lekin bizning ishimizda material tikilib sotilgandan keyin sarmoyani egasiga to‘liq qaytarib, keyin foydani bo‘lishadigan bo‘lsak, ishning doimiyligi ta’minlanmay qoladi. Orada uzilish bolib qoladi. Ular mening pulimga olingan materialning ma’lum qismini tikib, sotib, tushgan pulni boricha yana materialchiga to‘quvga berib yuborishadi. Shunday qilib jarayon to‘xtovsiz bir biriga ulanib boraveradi. 1. Agar bir tonna material tikilib, men bergan pul tiklanib, barcha pul keyingi to‘quv jarayoniga to‘liq o‘tganiga ishonch hosil qilganimizdan keyin, Muzoraba shaklida foydani bo‘lishsak bo‘ladimi? Yoki bo‘lmasa, men do‘stimga “Sen hamma ishni qilasan, evaziga material senga 14000 so‘m emas, 13600 so‘mdan tushadi, 400 so‘m sening hizmat haqqing, yo‘l harajatlaringni o‘zim to‘layman” desam to‘g‘ri bo‘ladimi? Shu ishimiz shariatga to‘g‘ri keladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Fiqh. Uz. Saytida muzoraba haqida ma’lumot bor o‘shani o‘qinglar.
26 May 2022, 23:51 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Fiqh. Uz. Saytida muzoraba haqida ma’lumot bor o‘shani o‘qinglar.
26 May 2022, 23:51 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar