Tilla taqinchoqlar savdosi

Assalaamu alaykum Avvalambor biz tolibi ilmlarning ikki dunyo baxt-saodati uchun xizmat qiluvchi asarlarizni taqdim etib, bu dunyo-yu oxiratimizga manfaatli bo‘lgan amallar ila qo‘ldan kelgancha mashg‘ul bo‘lishimizda sababchi bo‘layotganligiz uchun sizga o‘z minnatdorchiligimizni izhor etib, qilayotgan ezgu amallariz savobini Haq taoloning O’zi ortig‘i bilan berib, doimo O’zi rozi bo‘lgan bandalari qatorida bo‘lishligizi so‘rab siz va yaqinlariz haqlariga duo qilib qolamiz! agar savolimiz oldin berilgan bo‘lib, qimmatli vaqtizi olayotgan bo‘lsam ming bor uzr so‘rayman. Savolim tilla taqinchoqlar savdosi, xususan Alloh kalomi yozilgan taqinchoqlar borasida edi. Ustoz bunday buyumlar savdosi bilan shug‘ullanish mumkinmi? Hukmi qanday? Ustoz, biz uchun doimo ahamiyatli bo‘lgan va yaxshiliklar ko‘zlab berilgan javoblariz uchun oldindan RAHMAT! ! ! Shuqur hurmat-ehtirom ila. . . ALLOH ROZI BO’LSIN! ! !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 - Mazkur buyumlarning savdosi bilan shug‘ullanish mumkin.

26 May 2022, 23:54 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar