Sufiylar

Assalomu alaykum! Sufiylar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘rganlar va Allohga eng yaqin odamlardir. Nega Osiyoni ko‘p xalqi zikr va fikr ahlini yoqtirishmaydi? Piri yo‘qning piri shayton emasmi? Avvalda har bir bobolarimizni pirlari bo‘lgan, shular yo‘li bilan yurgan, nega hozirgi avlodlar qarshi chiqadi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Silsilasi Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga etib borgan, shariatga xilof bo‘lmagan, to‘g‘ri e’tiqoddagi tasavvufni hech kim va hech qachon qoralamagan. Lekin bugungi kunda shariatimizga zid bo‘lgan e’tiqoddagi, jaholatni ilgari suruvchi, fiqhiy kitoblarimizdagi hukmlarga xilof qiluvchi “soxta tariqat peshvolar”i paydo bo‘lgan. Shuning uchun ixtiloflar ham ko‘payib ketdi. Ustozimizning "Tasavvuf haqida tasavvur" kitoblarini olib o‘qishni tavsiya qilamiz. Vallohu a’lam.

29 Aprel 2022, 11:35 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar