Asrni vaqti
Assalamu Alaykum Shayx Hazratlari oldingi savolimni javobini oldim sizga katta rahmat.Yana bir savolim bor edi,avval aytganimdek men hozir Malayziyadaman.Bu erni namoz taqvimidagi asr namozini vaqti meni biroz ikkilantirib qo‘ydi.Asr 16:50 deb yozilgan.Bizning mazhabga ko‘ra asrni vaqti narsani soyasi o‘ziga ikki barobar bo‘lganda boshlanadi.Men 16:50da soyamga qarasam arang bir barobar chiqayapti.Meni havotirga solgan narsa shuki bizning mazhabda vaqtidan oldin o‘qilgan namoz ado etilgan hisoblanmaydi.Men bu erda imkon qadar o‘z mazhabimizga amal qilishga harakat qilyapman,chunki mazhabni aralashtirib keyin adashib ketishdan qo‘rqaman. Alhamdulillah sizni kitoblaringizni ko‘pini o‘qiganman va bizni mazhabimizni dalillarini biroz bilaman.Bu vaziyatda men nima qilayin soya orqali asrni vaqtini topib olib shunga qarab o‘qiymi? Yoki bu erni taqvimi bo‘yicha o‘qiymi? Sizga Alloh kuch quvvat va so‘g‘liq salomatlik bersin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bizning mazhabdagi bir so‘zga ko‘ra soya bir barobar bo‘lganda o‘qisa ham bo‘ladi. Shuning uchun hech xijolat bo‘lmay, jamoat bilan o‘qiyvering. Alloh taolo qabul qilsin!
27 May 2022, 01:02 | Savol-javoblar | 168 | Namoz