Ishlashim joizmi?
Assalomu alaykum! Men telefon va kompyuter aksessuarlarini chet eldan olib kelib, ulgurji savdo bilan shug‘ullanadigan firmada ishlayman. Biz mashxur brendlar (Apple, Samsung kabi) nomlari yozilgan, logotiplari tushurilgan tovarlar olib kelamiz. Mijozlarga originali emasligini aytib sotamiz. (Bozorda bu tovarlarning originali taxminan 150-200$ tursa, kopiyalari 10-15$. Bu tovarlar ishlab chiqarilgan davlatlarda xam berkitib sotiladi. Savol: 1. Biz shu savdo bilan shug‘ullanishimiz xalolmi? 2. Agar shu tovarlarning nomlari yoki ko‘rinishiga ozgina o‘zgartirib olib kelsakchi? Masalan: APPLEni-APLE qilib 3. Brendlar o‘zlari uchun chiqazgan maxsulot ko‘rinishlarida, o‘zimiz logo yozib olib kelsak bo‘ladimi? 4. Raxbar kopiya olib kelmaslikka ko‘nmasa, biz qanday yo‘l tutishimiz kerak? 5. Umumiy xolatda shu firmada ishlashim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizniki bo‘lmagan brend nomlaridan foydalanishingiz ularning haqlariga xiyonat hisoblanadi. Ammo biror harfida farq qilsa va mijozga buning falon brend emasligi, ularning o‘rtasida farq borligi aytib sotilsa va qonunchilikda shu ish ta’qiqlanmagan bo‘lsa mumkin. Vallohu a’lam!
4 Oktabr 2023, 13:42 | Savol-javoblar | 0 | Dolzarb savollar