Bozorda namoz o‘qish joizmi

Assalomu alaykum! Men bozorda savdo qilaman. Bir savolga hech kimdan to‘liq aniq javib ololmadim. Ishlaydigan do‘konimda namoz o‘qisam bo‘ladimi. Bozorda o‘qimang, gunoh deb aytishayapti. Lekin o‘z vaqtida namozni ado etmaslik gunohku to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Benamozlar boshqalarni ham o‘zlariga o‘xshatish uchun shayton xayoliga keltirgan narsani gapirishaveradi. Shayton do‘zaxiy bo‘lib yolg‘iz o‘zi kirishini xohlamasligi aniq. Shuning uchun inson bolasini zalolatga ketkazishga qasam ichgan. Ibodatdan qaytardigan har xil gapni gapiraveradi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:19 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar