Muammo
Assalomu alaykum Hurmatli ustoz! Hozirgi vaqtda katta desa ham bo‘ladi, lekin uncha kichik ham bo‘lmagan noxushlik haqida sizdan so‘ramaoqchiman. Gap shundaki, hozirgi vaqtda mahram-nomahram to‘g‘risida biladiganlar kamayib ketganligidanmi uymizga qo‘shnilar, gazchilar, svetchilardan kutilmaganda kirib kelib qolishadi yoki hovlingizni yarmiga kelib keyin chakirishadi. Uyda ayol-qizlarim bo‘lishadi, men bo‘lmagan vaqtlarim bo‘ladi. Shu holatdan saqlanish uchun doim darvozani berkitib qo‘yishga qaror qildim. Kelgan odam chaqiradi yoki qo‘ngiroqni bosadi. Chiqib savol-javob qilaman. Hurmatli ustoz, darvozamni doim berk turishi to‘g‘rimi? Maslahat bering. Chunki "ertalab azonda darvozalari ochilgan xonadonlarga farishtalar va ular bilan Allohning barakalari kiradi" deyilgan hikmatlarni ham eshitganman. Iltimos maslahat bering..! Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Darvozani doimo berkitib qo‘yish juda ham to‘g‘ri. Zotan uni shuning uchun quriladi. Alloh taoloning barakasi va farishtalar hamma tarafdan kiraveradilar. Ayniqsa, dorvozasi berk –shariatga amal qilgan xonadonlarga ko‘p kiradilar.
27 May 2022, 01:44 | Savol-javoblar | 158 | Boshqa ibodatlar