Folbin ammadan kechish

Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar, bir birodarimizni ammasi folbinlik qilar ekan. Uni boshi qotgan, ammasi iftorlik qilib chaqirgan ekan. Ikkilanib bormapti, xullas ammasi bilan aloqasini uzib tashlasa bo‘ladimi? So‘rab berishni iltimos qildi. Alloh umrlaringizga baraka bersin omin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda biror kishini o‘zidan kechish degan narsa yo‘q. Uning sifatidan kechish kerak. Agar sifati ham zotidan voz kechishni taqozo qilsa, ya’ni uni amali va e’tiqodining ta’siri bo‘lsa, zotidan kechishning ham zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:24 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar