Qazomi yoki nafl

Assalomu alaykum. 1). Milkka qilingan ukol ro‘zani ochadimi? 2). Asr namozidan oldin 4 rakat nafl namozi (Umar ibn Xattob r.a. dan rivoyat qilingan) da bomdod namozi qazosini(2x) niyat qilib o‘qisa ham qazo ham hadisdagi namoz ado bo‘ladimi? 3). Taroveh namozida ham 2 rakatdan o‘qiladigan namozga bomdod namozini qazo niyat qilsa bo‘ladimi? 13 yillik qazo namozlarim bor, bomdodni ado qilishdan boshladim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ochilmaydi.2). Qazosi bor odam tezroq qazolarini o‘qib tugatgani yaxshi. 3). Tarovix ham sunnati muakkada. Alloh oxiriga etkazishni nasib qilsin. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 14:29 | Savol-javoblar | 131 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar