Harom rizq

Assalomu alaykum! Bir odam menga savol berdi, men javobini so‘rab berishimni aytim. Savol; biz aroq ichamiz, lekin aroq rizqimizga yozilgani uchun ichamiz. Bunga nima deysan degan savol edi. Men indamadim so‘rab beraman dedim. Ular sizlarni javobingizni kutishyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Harom ham rizq ekanligida gap yo‘q. Gap insonga halol bilan haromni tanlashga imkon berilganida ba’zi insonlar haloliga qodir bo‘laturib haromini tanlashlarida. Jazo va mukofot o‘sha tanlovga ko‘ra bo‘ladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 02:30 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar