Birovning haqqi qolib ketdi

ming berishim kerak edi yonimda 100 ming bor edi berdim va amaki manga 44 ming ortiqcha pul berib ketganla man ham qaramasdan olgandim va amaki ketib qoldila man u kishini tanimiman lekin haqlari manda qolib ketdi endi nima qilsam bo‘ladi birovni haqqidan qo‘rqaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! E’lon bering, qidiring, qo‘lingizdan nima kelsa hammasini ishga solib topishga harakat qiling. Agar topilmasa quyidagi qoidaga tushasiz.
Qoida: Tez chiriydigan va aynidigan narsalarni egasini kutmasdan faqir miskinga sadaqa qilib yuboriladi. Egasi topilgach pulini beradi. Tez chirimaydigan buyumlarni bir yilgacha e’lon qilish kerak. O‘zi foydalanishi joiz emas. Yuzga yuz harakat qilib qidirsa shunda ham topilmasa savob umid qilmasdan egasining nomidan faqir-miskinlarga sadaqa qilinadi, mabodo egasi topilsa pulini beradi. Topilmasa, u Alloh taoloning huzurida omonat bo‘ladi va qiyomat kuni egasi so‘raganida beriladi. Vallohu a’lam!

8 Oktabr 2023, 17:37 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar