Abu Hanifa haqidagi hadis

Assalomu alaykum!Muhtaram ustoz!Bir kuni juma hutbasida bir hadis eshitib qoldim. Matni yodimda emasligi uchun, ijozatingiz bilan ma’nosini aytsam:Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Salmon Forsiy roziyallohu anhuning elkalariga urib, "Ilm yulduzi shuni o‘lkasidan chiqadi" deb, mazhabboshimiz Abu Hanifa rahmatullohi alayhning dunyoga kelishliklarini bashorat bergan ekanlar.Shu hadis haqida sizda ma’lumot bormi? Imom domla hadisning roviylarini va sanadini aytmaganlari uchun sizdan so‘rashga jur’at qildik.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu gap to‘g‘ri emas. Shu ma’noda hadis bor. Ammo u Abu Haniyfa rahmatullohi alayhiga xos emas.

27 May 2022, 04:15 | Savol-javoblar | 148 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar