Qilich duosi

Assalomu alaykum ustozlar! Buni bir tanish inson nomidan gapirmoqdaman. Uning savoli sehrdan, dushmandan, zolimlardan saqlanish duosi haqida edi. Uni qilich duosi deydilar ekan. Uni Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam hazrati Aliga o‘rgatgan ekan. Shu duo haqida ma’lumot bersangiz. Iloji bo‘lsa yozib berilsa , o‘qib turardim deb aytib qoldi u kishi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu duoning Ali roziyallohu anhuga etib boradigan sahih sanadi mavjud emas. Shu tufayli uni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yoki Aliy roziyallohu anhuning duosi deyish xatodir. Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 11:36 | Savol-javoblar | 0 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar