Kasal odamning tahorati

Assalomu alaykum! Masalan odam qattiq kasal bo‘b qolsa, tahorat va tayyamumni ham qilishni iloji bo‘lmasa, u odam qanday namoz o‘qiydi? Shu kasalligi tufayli namozini o‘qiy olmasa, tuzalgandan keyin qazosini o‘qib bersa bo‘ladimi yoki qazosi o‘qilmaydimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yonidagi odam tayammum qildirib qo‘yadi. Agar avratni tozalashni imkoni yo‘q bo‘lsa tozalamasdan ham o‘qiyveradi. Qazosi o‘qiladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 08:49 | Savol-javoblar | 161 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar