Kup taom eb yuborishni kanday davolasa buladi?

Assalomu alaykum muxtaram ustoz!Sizga savol bilan murojaat kilishga ijozat bergaysiz:Dinimizda nafs tarbiyasiga muxim axamiyat beriladi. Xususan korin va farj shaxvatlariga karshi davolar kullaniladi. Ruxiy tarbiyaga oid kitoblarda kup taom iste’mol kilishlik xam soglikka va ruxiyatga zarar bulishini bildik. Asarlarda me’yoridagi ochlik madx kilinadi. Sizdan bir iltimosim shuki, ovkatni me’yorida iste’mol kilishga utish kanday buladi? Men shuni muolaja kilolmayapman. "Ruxiy tarbiya" kitobingizda va boshka diniy adabiyotlarda bu xakda batafsil bayon kilingan, lekin ularda umumiy gap aytilgan. Taomni oz-ozdan kamaytiradi deyilgan. Muxtaram ustoz buni amaliy ravishda kanday uddalasa buladi? Ruxiy tarbiya mashoyixlari bu masalada kanday tavsiyalar berishgan? Men Kukonlik axli ilmlardan Yorkinjon korinin "BADNAZARLIK" degan ma’ruzalarida nomaxramlarga karashni davolash xususida ajib ma’lumotlarni tinglagandim. U kishi kuprok Xindistonlik ulamolardan Taxonaviy xazratlarining tavsiyalarini gapiradilar. Nomaxramlarga karashni davolash uchun avvalo kuzni erga karatish, usha kelayotgan ayolni nixoyatda xunuk axvolda tasavvur kilish, uni ulganidan keyingi iflos xolatini kuz oldiga keltirish kerak, shunda musulmon kishida bu gunoxni kilishga ragbat kamayadi, degan nodir ma’lumotlarni eshitdim. Shu kabi tasavvuf mashoyixlarining xayotiy tajriba va kunikmalarida oz taom iste’mol kilishga urganish amali kanday amalga oshirilgan. Sizdan iltimos agar uning amaliy usullari bulsa bizlarga tushuntirib, bayon kilib bersangiz.Javobingiz uchun tashakkur!Xurmat va extirom bilan Umidjon Tursinov
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Yuqoridagi uslubni taomga moslaysiz.

27 May 2022, 04:23 | Savol-javoblar | 157 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar