MUMIN MUMINGA OYNADIR

ASSALOMU-ALAYKUM VARAXMATULLOXI VABARAKOTUXU VAMAGFIRAT.MUXTARAM AZIZ ShAYX XAZRATLARI, AVVALAM BOR DINI ISLOMGA JUDA KATTA KUCh SARFLAB KILAYoTGAN AMALINGIZDAN OLLOX AZZA VA JALLA ROZI BULSIN.ShAYX XAZRATLARI MENI ANChADAN BERI BIR MA’SALA KIYNAYDI MANA XARKUNI ROSSIYa TELEVIDENIYaSIDAN KAVKAZDA BULAYoTGAN VOKIYaLAR.BU NIMA UZI? IJOZATINGIZ BILAN FIKRIMNI BILDIRSAM.ShU KAVKAZDA ISLOM DINI KUChAYB BORGAN SARI ."ShAYTONI ALAYXI LANA-NI"MAKRI XAM KUChAYB ELI-XALKNI TUGRI ISLOM YULIDAN OZDIRIShMI ?MAGAR ShUNDOK BULSA SIZ VA SIZKABI OLIMU-ULAMOLARIMIZ NIMA ChORA KURIShMOKDA,DEMOKChIMANKI MANA XARKAYSI SOXANI OLING, U BIZNISMI TIBBIYoTMI,VAXOKOZA SOXALARDA KONFERENSIYaLAR UShA SOXANI MUTAXASISLARI YGILIShIB BIRON BIR MUAMMO BULIB TURGAN MASALASINI EChIMINI KURIShADI MA’RUZA KILIShADI.ENDI KAVKAZ MUAMOSIGA KELSAK ,OVOLAM BOR ISLOM DINIMIZ ( MUMIN MUMINGA AKA UKA OPA SINGILDIR ) DEB BILAMIZ MAGAR ShUNDOK EKAN, ULAR BAZILARI "ShAYTONIY" DAVAT BILAN BUZILGAN BULSA,KANI ENDI ULAMOLARIMIZ YGILIShIB,RAXMONIY DAVATLAR, AMRI MARUF-NAXI MUNKAR,BALKI ROSSIYa MUSILMONLAR MUFTISIGA BIRON BIR KUVVAT" SUZLRIGA AMALLARIGA"KERKDIR.KUVAT OLOXDANDIR,XARAKAT BIZDAN.UYLAYMANKI SIZ MUTABAR ZOTNI XAM BU MUAMOLAR NURLI KALBINGIZNI BEXUZUR KILAYoTGANDIR.MEN ShAXSAN JANOBI PRIZEDENTIMIZ I.A.KARIMOVDAN MINNADORMAN ,UZBEKISTON MUSILMON AXLIGA KERAKLI PAYTDA DINIY KITOBLAR NAShR KILINIShIGA,JOMIY MASJIDLARIMIZNI KAYTA TAMIRLAShDA VA BIRKANChA ShUGA UXShASh BINOLARNI KURILIShIDA JUDA KATTA MABLAG KUCh SARFLADILAR.KAVKAZDA BALKIM ShU NARSALAR ETIShMAYoTGANDIR.XAR KUNI ULIM ,ULARNI IChIDA BEGUNOXLARI XAM BULIShI MUMKINKU.ShAYX XAZRATLARI ULARNI KANDOK KILIB DAVOLASh SIZGA MALUM,XECh BULMASA 1 DONASI IMONGA KAYTAR OLLOX KARIM INSONNI MUTABAR KILIB YaRATDI ,INSONLARNI ASRASh SAKLASh BU ISLOM MADANYaTI AKIKASI TARIKOTI IMON YULIDIR.ShAYX XAZRATLARI SIZNIG ISLOM DINIDAGI MAVKIYNGIZ DOVRUGINGIZ NAFAKAT UZBEKISTON AXLIGA KOLAVERSA BUTUN DUNYo ISLOM OLAMIGA MAShXUR VA MA’LUM(OLLOX SIZU-BIZNI KIBRDAN SAKLASIN).ShAYX XAZRATLARI MANAShU MASALADA XARAKATINGIZNI AVVALO OLLOXDAN KIYIN SIZDAN SURAYMAN.MEN ANChA XURSAN BULARDIM AGARKI ShU MOSKVA SOBORNЫY MASChIDIDAMI,KOZONDAMI,TELEVIDINYa ORKALI ChIKIShLAR KILIB XECh BULMAGANDA DINIMIZ BUNDAKA BIDAD IShLARDAN XOLI EKANLIGINI XAMMA BILSIN.YaNA MEN-BIR FAKIRNI NOMIGA GOYBONA DUO KILSAGIZ.MULOKOTIMIZDAN OLLOX ROZI BULSIN.ASSALAMU-ALAYKUM
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizga Alloh taolo xayr bersin! Salomat bo‘ling! Qilayotgan mulohazalaringiz juda ham o‘rinli. Albatta, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar juda ham ko‘p. Biz ham qo‘limizdan kelganicha harakat qilib kelmoqdamiz.Jamiyatshunoslik ilmining ta’kidlashicha, jamiyatda paydo bo‘ladigan har bir muammoning bir necha sababi bo‘lishi turgan gap. Hech qachon faqat birgina sabab tufayli jamiyat miqyosidagi muammo paydo bo‘lmaydi. Dunyo hamjamiyatida «terrorizm» deb atalgan katta muammo paydo bo‘libdimi, demak, buning ham o‘ziga yarasha sabab va omillari bor. Jumladan, musulmonlar orasida bu narsaning paydo bo‘lishi va davom etishining o‘ziga yarasha sabab va omillari bor. Ammo, nima bo‘lganda ham, Alloh taoloning oxirgi va mukammal dini Islom bu narsaning yakkayu yolg‘iz sababchisi bo‘lishi mumkin emas. Musulmonman deb yurgan odamlardan terrorchilar bor. Ularning terrorchi bo‘lishining sabablari ko‘p. O‘sha sabablardan biri Islomning vasatiya–mo‘’tadillik ta’limotlaridan chetga chiqib, haddan oshishlaridir.Xuddi shu ma’noni nimagadir baralla aytilmayotgandek tuyulardi. Biz ba’zi hamfikrlar bilan o‘zaro suhbatlarda bo‘layotgan ishlarning ko‘pini noto‘g‘ri deb baholar edik. Qurol ishlatish bugungi kunda musulmonlarga foyda berish-bermasligini yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak. Har bir ishni qilishdan oldin musulmonlar ommasiga foyda keltiradimi, yo‘qmi, yaxshilab o‘ylash kerak. Shu va shunga o‘xshash fikrlarni o‘rtaga tashlab, davom etayotgan noxush holatni qoralar edik.Ba’zi vaqtlarda engilroq tarzda ko‘pchilikka ham aytishga harakat qilar edik. Chad davlatida bo‘lib o‘tgan katta ilmiy anjumanda minbarga chiqib, o‘sha paytgacha bo‘lib o‘tgan va bo‘layotgan qurolli harakatlar musulmonlarga nima foyda berdi, degan ma’noda hissiyot bilan gapirdim. Afg‘oniston, Checheniston, Bosniya, Somali va boshqa erlarni misol keltirdim. «Nima uchun musulmonlarning qoni to‘kilmoqda?» «Nima uchun musulmonlarning moli nobud bo‘lmoqda?» «Nima uchun mu’ulmonlar quvg‘inga uchramoqda?» «Nima uchun musulmonlar xatoni yana takrorlamoqda?» kabi savollarni o‘rtaga tashladim. Birov javob bermadi. Tanaffusda ko‘pchilik oldimga kelib siz bergan savollarga javob topish qiyin. Ularning javobini ko‘pchilik bo‘lib izlashimiz kerak, degan gaplarni aytdilar. Ammo, aytib o‘tilgan muammoli savollarning eng salmoqli javoblaridan biri musulmonlarda vasatiya–mo‘’tadillik tushunchasining etishmasligida ekanini birov aytmadi.Kuvaytlik birodarlar bilan bu masalani ko‘p gaplashar edik. Nima uchundir, ular kuch ishlatishdan ko‘ra fikriy harakatni ustun qo‘yar edilar. Qon to‘kilishi, kishilarning to‘qnashuvi, qattiqqo‘llik kabi narsalarga qarshi edilar. Bu holat davom etishi mumkin emas, kimdir unga qarshi chiqishi kerak, deyishardi. Oxiri kelib, «Al-Fiqhul Viqoiy» -«Oldini olish fiqhi» degan barnoma ishlab chiqildi. Unda turli kuch ishlatish, qurol ko‘tarish, to‘qnashuv kabi holatlarning kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha qilinishi lozim ishlar haqida so‘z borardi. Mazkur loyiha ba’zi kishilarga tarqatildi ham. Shu ma’noda bir ilmiy anjuman o‘tkazish haqida maslahat qilindi. Unga chaqirilishi lozim kishilarning taxminiy ro‘yxati ham tuzildi. Reja bo‘yicha, o‘sha anjumanda ishtirok etadigan katta ulamolardan bo‘layotgan qurolli harakatlar va boshqa shunga o‘xshash narsalarning shar’iy asosi bormi-yo‘qligi so‘ralar edi. Ularga: «Agar shu narsalar shariat hukmiga muvofiq bo‘lsa, hujjat-dalil bilan isbotlab berishingizni iltimos qilamiz. Agar ular shariatga muvofiq bo‘lmasa, unisini aytinglar. Agar siz o‘zingiz ayta olmasangiz, bizga ruxsat beringlar, biz aytamiz», deyilishi kerak edi. Mazkur reja tuzilgan paytga kelib, balki undan avvalroq, boshqa taraflarda ham shunga o‘xshash fikr va harakatlar boshlangan edi. Birlashgan Arab Amirliklari davlatidagi Shoriqa amirligi dorulfununida bo‘lib o‘tgan ilmiy anjumanda diniy mutaassiblik, jangarilik kabi tushunchalar muoalaja qilindi. Ilmiy anjuman tashkilotchilari menga ham bir yil avval maktub yuborib, ma’ruza tayyorlashimni iltimos qilishgan edi. Anjumanda ko‘pchilik qatnashdi. Mening ma’ruzam haqida tayyorlov hay’ati raisi doktor Muhammad Mustafo Zuhayliy janoblari iliq so‘zlar aytib, o‘zim shaxsan bu ma’ruzani diqqat bilan o‘rganib chiqdim va uni eng yaxshi ma’ruzalardan biri deb bilaman, dedi.Musulmon olami terrorga qarshi sergaklanib borayotgan edi. Birdan 2001 yilning 11 sentyabri kirib keldi. Bu dahshatli hodisa musulmonlarni terrorchilikda ayblashning olamshumul harakatga aylanishiga sabab bo‘ldi, desak, mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Gap-so‘z bilan kifoyalanmasdan amaliyotga o‘tildi. Afg‘oniston va Iroqda terrorga qarshi urush boshlandi. Boshqa amaliy choralar ko‘rilishi yo‘lga qo‘yildi. Katta davlatlar ma’lum musulmon davlatlar, tashkilotlar, harakatlar va shaxslarni terrorchilikda hamda terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda aybladilar. Ularga atalgan qora ro‘yxatlar tuzdilar. Boshqa chora va tadbirlarni ko‘ra boshladilar.Musulmon olamida ham ba’zan ixtiyoriy ravishda, ba’zan boshqalarning tazyiqi va talabi ostida terrorchilik va unga olib boruvchi omillarni qoralash harakati keng ko‘lamda olib borila boshlandi. «Islom terrorga qarshi», «Islom terrorni la’natlaydi», «Islom kuch ishlatilishiga qarshi», «Musulmonni kofir deb aytish mumkin emas» kabi sarlavhalar ostida maqolalar yozildi, eshittirish va ko‘rsatuvlar taqdim etildi va kitob-lar yozila boshlandi.- Islom yurtlarida birin-ketin terror va unga bog‘liq omillar haqida ilmiy anjumanlar ham o‘tkazila boshlandi. Bu anjumanlarda, asosan, mutaassiblik, diniy hukmlarni tor olish, bilib bilmay kishilarni fosiq, kofir, mushrik deb fatvo chiqarish, jangarilik, kuch ishlatish, qurolli harakat va boshqalar noto‘g‘ri ekanligi haqida ilmiy asosda so‘z yuritilar va musulmonlarning o‘sha narsalardan uzoqda bo‘lishlari lozimligi uqtirilar edi.Men kitoblarim, ma’ruzalarim va darslarimda ham bu masalaga katta e’tibor berganman. Boshqa sohalarda ham qo‘limdan kelganini qilib kelmoqdaman. Siz so‘raganingiz uchun bir oz batafsilroq gapirishga to‘g‘ri kelmoqda.Chechenistonning avvalgi prezidenti Ahmad Qodirov rahmatli mening shogirdim edi. u toshentdagi imom Buxoriy ma’hadida ta’lim olgan. U chechen ayrimchilik harakati tuzgan Ichkeriya hukumatining muftiysi bo‘lgan edi. Ammo vaqt o‘tishi bilan bu ish noto‘g‘ri ekanini anglab etdi. Unga tasir qilganlar ichida men ham bor edim. U mendan ko‘p narsani so‘rar edi. Urush paytida chechenistonga ikki marta kelib vaziyatni o‘rgandim va xalqaro islom tashkilotlariga axborot hamda tavsiyalar berdim. Ular kerakli taraflarga Ahmad Qodirov bilan hamkorlik qilishni aytdilar. Hozir Ahmad Qodirovning o‘g‘li Ramazon Qodirov otasi boshlagan ishni davom ettirmoqda. Unga ham qo‘ldan kelgan yordamni berib turibmiz. Rossiyaning ko‘pchilik muftiy va diyn arboblari shogirdlarim bo‘lgani tufayli mendan maslahat so‘rashib turadi. Ularga doimiy ravishda qo‘ldan kelgan maslahatlarni berib turibman. Ko‘pchilikning iltimosiga binoan kitoblarimni rus tiliga tarjima qilib, Moskvada “Hilol” nomli nashryot ochib chop qilishni boshladik. Hozir ikki dona kitobim o‘sha nashryotdan chiqdi. Qolganlarini tayyorlab bormoqdamiz. Rossiyadagi ulamolar va siyosatchilar o‘sha siz aytgan jangarilarning qilayotgan ishlari haqida Dunyo musulmon ulamolari birligi raisi Shayx Yusuf Qarzoviyning fatvolarini so‘rash niyatida qabulllarni so‘rashgan ekan uzr aytibdilar. Keyin ba’zilar mening yordamimni so‘rashdi. Mening nomimni qo‘shib yana xat yozishgan ekan u kishi may oyining o‘ttizinchi kuni qabul qildilar va iltimosimizga binoan fatvo berishga rozi bo‘ldilar. Quyida o‘sha fatvoni taqdim etishga ijozat bergaysiz.Bismillahir rohmanir rohiymAllohga hamd, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga, U zotning oilalari, sahobalari va hidoyatga ergashganlarga salavotu-salomlar bo‘lsin. Ammo ba’d:Katta ulamolarimizdan fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Checheniston ulamolari kengashi raisi, fazilatli shayx Ahmad xoja Qodirov, va Fors ko‘rfazidagi Checheniston musulmonlar diniy idorasi vakili, Turku Dovudovlar mening ziyoratimga kelib, Checheniston xalqiga nasihat so‘zlarni aytib, ko‘rsatma berishimni so‘rashdi. Chunki, barchaga ma’lumki, Chechenistonda ba’zi bir kishilar g‘arazli maqsadlariga erishish uchun jangarilik va odamlarni qatl qilish, qon to‘kish yo‘lini tanlashgan. Ular fiqhdagi «Muvozanat», «Ustvorlik» yo‘nalishlaridan, hamda amal qilishdan oldin e’tiborni ko‘proq qaratish lozim bo‘lgan narsalardan bexabardirlar. Islomda bir ish undan ham kattaroq munkar ishga olib borishi bilinsa, o‘sha munkar ishni o‘zgartirish harom qilingan.Islom hech qachon biror zararni unga o‘xshash zarar bilan ketkazishni, ayniqsa, undan kattaroq zarar bilan ketkazishni buyurmagan. Ana o‘sha katta zararlardan biri - musulmon va musulmon bo‘lmagan tinch aholining qurbon bo‘lishidir. Ahli ilm, mutafakkirlar hamda hikmat egalari, Alloh buyurganidek, mana shunday shafqatsiz jamoatlar bilan yaxshi muomala bilan mujodala qilmoqlari darkor. Ummat olimi Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu xavorijlar bilan mantiqiy, etuk hujjat bilan bahs qilib, ularni qoniqtirganlarida minglab xavorijlar o‘z fikridan qaytgan. Shundan kelib chiqib, bizlar bugungi kunda ikki muammoni munoqasha qilmog‘imiz shart. Birinchi muammoBir-birini kofirga chiqarish muammosiTakfir - bir-birini kofirga chiqarish muammosi xavorijlar davridan beri islomiy fikrlar tarixida xatarli ildiz otgandir. Uni musulmonlar fikrini ilk bor mashg‘ul qilgan muammo desak ham to‘g‘ri bo‘ladi. Bundan musulmonlar aqliyati va amaliyotida (harbiy va siyosiy holatida) ham bir necha avlodlarga tatigulik asorat qolgan. Islomiy fikr ushbu muammoni tugatgach, keyinchalik ahli sunna val jamoat guruhi qaror topgan.Sabablarini o‘rganishga muhtoj bo‘lingan ko‘rinishBiz takfir guruhidagi g‘uluv-haddan oshishning sabab va omillarini o‘rganishga muhtojmiz. Shundagina ushbu muammoni muolaja qilishga qodir bo‘lamiz. Ushbu muammoni muttasil o‘rgangan kishi bu guruhning eng katta sababini biladi. O‘sha katta sabab g‘ayrati ichiga sig‘may qolgan yigitlarning islom fiqhi va usulidan ma’lumotlari oz ekanligida, islomiy va arab tiliga oid ilmlarni chuqur egallamasdan, sayoz bo‘lib qolganidadir. Ular Qur’on va hadisdagi ba’zi matn va dalillarni olib, ba’zisini olmaydilar yoki mutashobihlarni olib, muhkamni unutishadi yoki juz’iy qoidalarni olib, kulliy qoidalardan g‘ofil qolishadi. Shuningdek, ular ba’zi juz’iy dalillarni tez, yuzaki tushunib olib, umumiy maqsadlarni tushunishmaydi. Ushbu xatarli ishda chiqarilgan fatvolar etuk ilmli kishilar tomonidan chiqarilmagan. Bunda ixlosning o‘zi kifoya qilmaydi. Agar ushbu fatvo Allohning shariati va ahkomlarida chuqur fiqhga suyanmas ekan, fatvo beruvchi bundan avval xavorijlar mubtalo bo‘lgan narsaga yo‘liqadi.Imom Ahmad aytganlaridek, xavorijlar yomonlangan hadislar o‘n ko‘rinishda sahih darajasiga etgan, vaholanki ular aqiyda va taqvoda kuchli bo‘lgan bo‘lishsa ham.Takfirning xatarlari Barham berishimiz lozim bo‘lgan narsa shuki, bir kishini kofir deb hukm qilish g‘oyatda xatarli hukmdir. Uning ortidan xatarli asoratlar qoladi.Masalan, o‘sha kofir deb hukm qilingan kishining xotini taloq bo‘ladi, bolalari uning qaramog‘idan chiqariladi. Unga nisbatan musulmonlarning yordami va valiyligi to‘xtaydi. O‘lsa yuvilmaydi, kafanlanmaydi va unga janoza namozi o‘qilmaydi. Unga musulmonlar hukmi joriy qilinmaydi hamda musulmonlar qabristoniga dafn qilinmaydi. Albatta, inson Islomga «Laa ilaaha illalloh» shahodatini aytish bilan kiradi. Kim Islomga ishonch bilan kirsa, chiqishi ham ishonch bilan yoki qozining hukmi bilan bo‘ladi. Bizlar zohiriy yo‘l bilan hukm qilishga va sirlarni Allohga havola qilishga buyurilganmiz. Albatta, gunohlarning kattalashuvi iymonni noqis qiladi, lekin uni mutlaqo yo‘qotib yubormaydi. Kechirilmaydigan gunoh esa, Allohga shirk keltirishdir. Bundan boshqa gunohlar kichik yoki katta bo‘lsin, Allohning xohishiga havoladir, agar xohlasa - kechiradi, xohlasa - azoblaydi.Qur’on va sunnat tilidagi kufr - katta kufrdir. Bunday kufr insonni dunyo hukmlariga nisbatan millatdan chiqaradi. Oxirat hukmlariga nisbatan esa, do‘zaxda abadiy qolishiga sabab bo‘ladi. Kichik kufr egasi esa, do‘zaxda abadiy qolmaslik hukmiga kiradi. Islom millatidan chiqmaydi. Balki unga fosiqlik yoki isyonkorlik tamg‘asi bosiladi. Xuddi shu taqsimot shirk, nifoq, fisq va zulmda ham joriy bo‘ladi. Allohning amrlariga bo‘yin egishda odamlarning martabalari har xil bo‘ladi. Shuning uchun, Allohga yaqinliklarida iymon darajalari ham farqli bo‘ladi.Osiylar ma’siyat qilib, nafslariga zulm qilish bilan ummat doirasidan chiqib ketishmaydi. Bu haqda Alloh Taolo shunday marhamat qilgan: «So‘ngra bu kitobni O‘z bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik. Bas, ulardan o‘ziga o‘zi zulm qiluvchilari bor, ulardan o‘rtachalari bor va ulardan Allohning izni ila yaxshiliklarga o‘zuvchilar ham bor. Ana shu ayni ulug‘ fazldir» (Fotir surasi, 32-oyat). Mana shu narsalar har bir ko‘zi ochiq kishi uchun takfirning qanchalar katta xato va ulkan xatar ekanini namoyon etadi. Ana o‘sha kimsalar shaxs va jamiyatlarni yoppasiga kofirga chiqaradilar. Shariat dalillari ularning fikrlariga xilof chiqsa, barchasidan yuz o‘girishadi. Ta’vilga o‘zboshimchalik bilan, dalili yo‘q narsani dalil qilishadi. O‘zlarining fikrlariga muvofiq bo‘lmagani uchun qadimgi va hozirgi ummat ulamolarini ham xatokorga chiqarishadi. Ular o‘zlaricha «Imomlik» va «Mutlaq ijtihod» darajasiga etib, ummat avval ham, keyin ham ijmo’ qilgan narsaga xilof chiqishadi. Alloh asrasin, ular kekkayish, g‘urur va g‘uluv balolariga mubtalo bo‘lishgan. Bu Allohni tanimaslik, odamlarni ham, o‘z nafsini ham bilmaslikdan kelib chiqadi.Bizlar ular mubtalo bo‘lgan narsaga yo‘liqishni aslo xohlamaymiz. Biz ular odamlarni kofirga chiqarishgani kabi birovni kofirga chiqarmaymiz.Men aniq bilamanki, ana shunday g‘uluvga ketgan radikal jamoalar ichida ixlosli yigitlar ham bor. Ular faqat Allohning roziligini, oxirat diyorini va Islom g‘alabasini xohlashadi, xolos. Lekin ularning asl Islomiy madaniyat va chuqur Islomiy fiqhdan xabarlari yo‘q. Bunday fiqhlar xoliy qalblarga o‘rnashib olgan. Men yana shunday yosh yigitlarni bilamanki, ular haq yo‘l aniq bo‘lgach, fikrlaridan qaytishadi. Masalan «Jihod» jamoasi, Misrdagi «Jamoat al-Islomiyya», Libiyadagi «Jangari islomiy jamoati»dagi ko‘plab kishilar haq ayon bo‘lgach, to‘g‘ri yo‘lga qaytishdi, o‘zlarining qattiqqo‘l dasturlaridan voz kechib, ummat uchun umumiy bo‘lgan yo‘lga tushishdi. Biz ularning bunday shijoatlarini maqtaymiz, chunki haqqa qaytish botilda turib olishdan afzaldir.Bizlar Chechen o‘g‘lonlaridan chiqqan birodarlarimizni ham xato yo‘ldan qaytishga, qurolni tashlashga hamda Vatanni qaytadan qurishga hissa qo‘shib, millatni yuksaltirishda ishtirok etishga chaqiramiz.O‘tib ketganlarga Allohdan mag‘firat bo‘lishini, qolganlar salohiyatda bo‘lishlarini duo qilib qolamiz.Ikkinchi muammoZo‘ravonlikZo‘ravon guruhlar amalga oshirayotgan zo‘ravonlik dalillarda ham, kulliy maqsadlarda ham shar’iy mahkamaga muvofiq bo‘lmaydi. Ular amalga oshirayotgan ishlarni shar’iy, deb faraz qilingan taqdirda ham, bu harakat biror fasod ishni o‘zgartirdimi? Yoki adolatli hukmni barpo qildimi? Yoki ummat uchun ulkan maqsadlarni ro‘yobga chiqardimi?«Al-Jihod», Misrdagi «Jamoati islomiyya», Libiyadagi «Jamoati islomiyya al-muqotila» yoki ularning hukmi ostidagi «Jamoati takfir», «Jamoati islomiyya vas salafiyya al-jihodiyya» oxiri borib, «Tanzim al-Qoida» kabi guruhlarga o‘xshab joriy hukumatga urush e’lon qilib, qurolli to‘qnashuv yo‘lini tanlashdi. Ular universitet, kasaba uyushma va masjidlarda bayonnoma, da’vat, tarbiya, ko‘rsatma, tinchlik yo‘li bilan xalqni kurashga chorlash, saylov orqali siyosiy kurash olib borish, Islomga qarshi qonunlarga kurashish uchun yoki xalqning mustaqilligi va manfaatlarini himoyalashda parlamentdan joy egallash kabi uslublarni qo‘llashmadi.Demak, ushbu zo‘ravon jamoalar hukumat askarlari bilan kurashishga teng kuch topa olmagach, o‘z imkoniyatidan kelib chiqib, o‘ziga xos to‘qnashuv yo‘lini tanlashdi.Bu usullardan biri suiqasd uyushtirish bo‘lsa, yana biri hukumatga qarashli muassasalarni xarobaga aylantirishdir.Odatda, bu ikki uslubdan norasida begunoh bolalar, ayollar va keksalar jabr tortadi. Ko‘pincha maqsad qilingan odam omon qolib, maqsad etilmagan begunohlar o‘lib ketadi.Barchamizga ma’lumki, kofirlar bilan musulmonlar orasida bo‘layotgan urushda urishmayotgan kishini o‘ldirish joiz emas. Endi musulmonni o‘ldirish qanday joiz bo‘lsin?Hadisda: «Allohning nazdida dunyoning yo‘q bo‘lib ketishi musulmon kishining nohaq o‘ldirilishidan ko‘ra engilroqdir», deb aytilgan.Shuningdek, hukumatga qarashli muassasalarni barbod qilish ham aslida xalq mulkini barbod qilish, deganidir.Zo‘ravon jamoalarning uslublaridan yana biri - ajnabiy sayohatchilarni portlashishdir. Islom fiqhi lug‘ati bilan aytadigan bo‘lsak, bunday kishilar «kafolatlangan» bo‘ladi. Davlat ularga kirish ruxsati (viza) berish bilan ularning xavfsizligini ta’minlash majburiyatini zimmasiga olgan. Demak, ularga berilgan omonlikni hurmat qilish, ularning moliyu joniga tajovuz qilmaslik shart, hatto agar o‘sha omonlikni musulmonlardan biri bergan bo‘lsa ham. Hadisda: «Musulmonlar o‘zlaridan bo‘lgan eng past darajadagi kishining ahdiga ham amalda bo‘lishadi» yoki «Musulmonlarning ahdi birdir. Kim musulmonga bergan ahdini buzsa, uning uchun Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin», deb aytilgan. Ummu Hone’ roziyallohu anho mushriklardan birini omonlikka olganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Ummu Hone’! Sen omonlik berganga biz ham omonlik berdik», deganlar.Omonlik berish xususida «Fiqhul jihod» nomli kitobimizda batafsil so‘z yuritganmiz.Qurolli jangarilar va zo‘ravonlik yo‘lini tanlaganlarni tadqiq qilgan mutaxassislarning aytishlaricha, ularning faoliyatlari sababli hukumat ag‘darilmayapti ham, hukumat o‘z kuchini yo‘qotmayapti ham.Nodir holatlarda o‘sha zo‘ravon jamoa davlat boshlig‘i yoki vazirlar boshlig‘i yoki vazir yoki xavfsizlik mudirini qatl qilishsa ham, bu bilan muammo echilayotgani yo‘q. Balki uning o‘rniga undanda yomonrog‘i, musulmonlarga qattiqqo‘lroq bo‘lgani kelmoqda.Alloh O‘zi tavfiq bersin. To‘g‘ri yo‘lga O‘zi hidoyat qilur.Butun dunyo ulamolar birligi raisi: Ustoz, doktor Yusuf Qarazoviy2010 yil 18 sentyabr.Yana boshqa ishlar ham ko‘p. Duo qilib turinglar! Inshaalloh, hammasi yaxshi bo‘ladi! Va oxirgi duoimiz, olamlarning Robbisi Allohga hamdalar bo‘lsin! Omiyn!

27 May 2022, 05:10 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar