qarzni qaytarolmaslik

Asalamu alaykum SHAYH janoblari sizga bir kichik savolim bor savolim shundan iboratki men moshinam bor edi uni remo‘nt qilish kerak edi menda mablag‘ yo‘q edi akam ustaga berdi baribr va men to‘layman dedi. remo‘ntdan chiqdi remo‘nt akamni ko‘nglidak bo‘madi shuning uchun pulni bermadi va men ustaga imkonim bo‘lsa o‘zim qilib berarman dedim amo o‘zidan va oilamdan ortmadi pulni bera olmasligim meni gunohga qo‘yadimi yoki bu pulni berish akamni qarzimi. Usta o‘z haqini mendan talab qiladi meni moshinam bo‘lgani uchun men qanday yo‘l tutishim kerak. Javob uchun oldindan katta rahmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz aytgan holatda ustaning haqini akangiz to‘lashi kerak. Chunki, akangiz, sen mashinangni ustaga beraver, haqini men to‘layman, demaganida mashinani ustaga bermas edingiz. Bu haqda katta ulamolarquyidagilarni aytganlar:“Va’da beruvchi va’daga xilof qilsa va shunda va’da qilingan tarafga moliyaviy zarar etsa, va’da beruvchi etgan moliyaviy zararni to‘laydi. Bu haqda Qurofiy “Al-furuq” degan kitobida aytadi:“Sahnun aytadi: “Va’da tufayli lozim bo‘ladigan narsa, quyidagilarga o‘xshash gaplarda bo‘ladi: “Hovlingni buzaver, uni qayta qurishga men pulini qarzga beraman” yoki “Hajga boraver, pulini men qazga beraman” yoki “narsani sotib olaver, pulini berib turaman” yoki “uylanaver, men qarz beraman”. Shu kabi holatlarda vafo qilish vojibdir. Chunki shu va’da tufayli haligi odamni ma’suliyatiga kiritib qo‘yding.

27 May 2022, 05:16 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar