Farzand onani oq qilish
Assalomu alaykum! Men Dushanbelik bir ona man kelinim tufayli ӯg‘lim bilan janjalashib qoldik ӯg‘lim faqat ona bolani oq qilmaydi bola ham onani oq qiladi dedi shundan beri ӯylayman men oq bӯldimi damla agar men oq bulgan bӯlsam endi nima bӯladi ollohni oldida nima deb javob beraman qaday qilib Ollohim kechirsin bolamni ham ӯzimni ham
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aynan qanday hodisa ro‘y berganini yozmabsiz. Ulamolar nazdida ota-ona oqq bo‘lishiga farzandiga dinning birlamchi ahkomlarini, ibodatlarni, halol-haromni o‘rgatmasligi sabab bo‘lishi mumkin. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham farzand ota-onasiga bunday gapni gapirishi mumkin emas edi. O‘g‘lingizning o‘zi shu gapi uchun Allohning huzurida og‘ir gunohkor bo‘lib qolishidan qo‘rqishi kerak edi. Unga ushbu hadisi shariflarni o‘qiting: عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: مَا مِنْ مُسْلِمٍ لَهُ وَالِدَانِ مُسْلِمَانِ، يُصْبِحُ إِلَيْهِمَا مُحْتَسِبًا، إِلَّا فَتَحَ لَهُ اللهُ بَابَيْنِ - يَعْنِي الْجَنَّةَ - وَإِنْ كَانَ وَاحِدًا فَوَاحِدٌ. وَإِنْ أَغْضَبَ أَحَدَهُمَا لَمْ يَرْضَ اللهُ عَنْهُ حَتَّى يَرْضَى عَنْهُ. قِيلَ: وَإِنْ ظَلَمَاهُ؟ قَالَ: وَإِنْ ظَلَمَاهُ.Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
«U kishi:
«Bir mo‘min-musulmon insonning musulmon ota-onasi bo‘lsa, ularga yaxshilik qilib, uning savobini kutgan holda tong ottirgan bo‘lsa, Alloh subhanahu va taolo unga jannatning ikki eshigini ochadi. Agar faqat biri bo‘lsa – bitta eshik ochadi.
Agar farzand ota-onadan birining g‘azabini chiqargan bo‘lsa, Alloh taolo undan o‘sha shaxs rozi bo‘lmaguncha, rozi bo‘lmaydi», dedi.
«Ota-ona unga zulm qilgan bo‘lsa hammi?» deyildi.
«Zulm qilgan bo‘lsalar ham», dedi».
Sharh: Bu hadisi sharifda ham ota-onaga yaxshilik qilishning fazli haqida so‘z bormoqda. Unda bu ishning oxiratda beradigan samarasi bayon qilinmoqda.
Ota-onasiga savob umidida yaxshilik qilib tong ottirgan musulmonga Alloh taolo jannatning ikki eshigini ochib qo‘yishi ta’kidlanmoqda. Onasiga yaxshilik qilgani uchun bir eshikni va otasiga yaxshilik qilgani uchun yana bir eshikni ochishi elatilmoqda.
Ota-onaning ikkisi bo‘lmay, faqat bittasi qolgan bo‘lsa va farzand o‘sha qolganiga savob umidida yaxshilik qilib tong ottirsa, Alloh taologa unga jannatdan bir eshik ochar ekan.
Farzand zinhor ota-onaning g‘azabini chiqarmasligi kerak. Chunki:
«Agar farzand ota-onadan birining g‘azabini chiqargan bo‘lsa, Alloh taolo undan o‘sha shaxs rozi bo‘lmaguncha, rozi bo‘lmaydi».
Demak, Alloh taoloning roziligi ota-onaning roziligiga bog‘liq. Bu haqiqatni hech qachon unutmasligimiz lozim.
Hattoki ota-ona farzandga zulm qilib tursa ham, farzand ularning g‘azabiga sabab bo‘ladigan gap-so‘z, harakat va ishlarni qilmasligi matlub.
Ota-ona zulm qilib turibdi, lekin agar farzand o‘sha zulm qilgan ota-onaning g‘azabini chiqargan bo‘lsa, Alloh taolo undan g‘azablanar ekan. Menga zulm qilyapti, deb ota-onasini norozi qilsa, Alloh taolo ham o‘sha bandadan norozi bo‘lar ekan.
Ammo ota-onaning roziligi va noroziligi Alloh taoloning hukmidan tashqariga chiqmasligi shart. Ya’ni, Allohning amriga muvofiq ishlarda ota-onaga itoat qilinadi. Ammo ota-onaning gapi Allohning amriga xilof bo‘lsa, ularga itoat qilish vojib bo‘lmaydi.
Mashhur hanafiy olimlardan Mullo Ali Qori ota-onaga zulm qilsalar ham yaxshilik qilish haqidagi gap borasida «Bu ayni kamoldir. Ammo joizlikning asli e’tiboridan xotini bilan ajrash haqida amr bo‘lsa uni taloq qilish lozim bo‘lmaydi. Agar ota-ona qattiq ozor topsalar ham», degan.
Imom Tohaviy:
«Farzand muboh narsalarda buysunadi. Nahiy qilingan narsalarda emas», degan.
Tohir Fataniy:
«Agar ikkovlari dunyoviy ishlarda unga zulm qilsalar, oxirat ishlarida emas», degan.
Izzuddin Abdussalom:
«Farzandga ikkisining itoati har bir amrda va har bir nahiyda vojib bo‘lmaligiga ulamolar ittifoq qilganlar», degan.
Imom G‘azzoliy:
«Ko‘pchilik ulamolar ota-onaning itoati shubhali narsalarda vojibligini aytganlar. To‘liq haromda vojib bo‘lmaydi. Chunki shubhani tark qilish vara’ga kiradi. Ota-onaning itoati esa majburiydir», deganlar.
Ulamolar yana quyidagilarni aytadilar:
«Agar ota-onaning haqiga barobariga rioya qilish mumkin bo‘lmay qolsa, ulug‘lash va ehtirom ma’nosida ota ustun ko‘yiladi. Chunki, nasab undandir. Xizmat va in’om yuzasidan onaning haqi ustun qo‘yiladi. Misol uchun ota-ona tashqaridan kirib kelgandan ota uchun o‘rindan turiladi. Farzand biror narsa hadiya qiladigan bo‘lsa onasidan boshlaydi. Farzand ota-onadan faqat bittasiga nafaqa berishga qodir bo‘lsa onasiga beradi.
Ushbu rivoyatdan olinadigan foydalar:
1. Ota-onaga yaxshilik qilish zarur ekanligi.
2. Ota-onaga yaxshilik qilgan kishi oxiratda mukofot olishi.
3. Ota-onaga yaxshilik qilgan kishiga jannat eshiklaridan ikki eshik ochilishi.
4. Ota-onadan biriga yaxshilik qilgan kishiga jannatdan bir eshik ochilishi.
5. Ota-onaning g‘azabini chiqargan odamdan Alloh taoloning g‘azabi chiqishi.
6. Ota-ona roziligini topgan odam Alloh taoloning roziligini topishi.
7. Ota-ona zulm qilgan bo‘lsa ham, farzand ularga bari bir yaxshilik qilaverishi lozimligi. ("Al-adab al mufrad" kitobidan). Vallohu a’lam!
18 Noyabr 2023, 10:56 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar