o‘g‘rilik
Agar balog‘atga etgan o‘g‘il oilada o‘girlik qilsa, masalan, uydan pul, tilla buyumlarni olib chiqib sotsa va o‘z nafsi uchun ishlatsa, ota-ona nima qilishi kerak?O‘g‘lini kechirib, unga imkon bersa, shariatga ko‘ra to‘g‘ri bo‘ladimi? yoki sudga bergani to‘griroqmi? Mening ukam 3-4 marta shunday ishga qo‘l urgan. Ota-onam har safar unga nasihat qiladi, u kechirim so‘raydi, ma‘lum vaqt yaxshi yuradi. Men ham ukamga nasihat qilaman, ba‘zan yaxshi gap bilan, ba‘zan qattiq gap bilan. Duo qilaman, Allohdan unga hidoyat so‘rayman. Ukam unashitirlgan, tabiiyki, bu ish oilamiz ichida bo‘lgani uchun, na qiz, na uning oilasi bundan xabardor. Albatta, ota-onam buni hech qachon birovga aytmaydilar ham. Bu masalada men ham ota-onamning xohishiga bo‘ysunganim to‘g‘rimi?Opa sifatida shariat nuqtai nazaridan mening elkamdagi mas‘uliyat nima? Ukamni yaxshi ko‘raman, hidoyat kirishiga judayam umid qilaman. Shu bilan shariatdan tashqari ish qilishdan juda qo‘rqaman. Nima qilsam, shar‘an to‘g‘ri qilgan bo‘laman?Alloh rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Nasihat qilishni davom ettiring. Bu noxushlikni oldini oladigan barcha choralarni ko‘ringlar. Sudga berish chorasiz qolgandagi ish. Alloh ukangizga insof va tavfiq bersin.
3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 147 | Bola tarbiyasi