Tariqat ahllari haqida

Assalomu alaykum hurmatli Shayx xazratlari, ijozatingiz bilan sizga Sadriddin Salim Buxoriyning "Bahouddin Naqshband yoki etti pir" kitobidagi men tushuna olmagan bir masala bo‘yicha savol bermoqchi edim, savolim quyidagicha: "...ushbu "silsilai sharif" dagi bir necha pirlar uvaysiy hisoblanadi. Jumladan, Boyazid Bastomiy, Abulhasan Haraqoniy, Hazrat Bahouddin uvaysiydurlar. Kimniki o‘tganlarning ruhi tarbiyat qilsa, unday shaxs uvaysiy bo‘lar ekan..." (yuqirida zikr etilgan kitob, 6-sahifa) Xazrat, men sufiylarni yomonlaydigan toifalardan emasman, albatta, shariatga muvofiq bo‘lganlarini, qolaversa yuqorida nomi zikr etilgan zotlar (Allohning rahmatlari bo‘lsin ularga) muhtaram zotlar hisoblanadi, men so‘ramoqchi bo‘lgan narsam shuki, biron inson haqida, agarchi u avliyo bo‘lsa ham, o‘tganlarning ruhi tarbiyat qiladi, deyish mumkinmi? Yoki bu erda muallifdan qandaydir xato bo‘lganmi? Javobingiz uchun tashakkur, insonlarga dinimiz haqiqatini etkazayapsiz ustoz, Alloh martabangizni ulug‘ qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tasavvufda shu gap bor.

27 May 2022, 05:42 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar