Shaytonga tosh otish haqida
Assalomu aleykum, Shayx janoblari! Savolim shundan iboratki, bir hamkasb akam Makkada shaytonga tosh otishadi, shayton haqiqatdan ham o‘sha erda bo‘larmikan, degan savol berdi. Shu savolning javobi qandoq bo‘ladi? Javob uchun oldindan rahmat! Allohim ishlaringizning rivojini bersin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shayton hamma erda ham bo‘lishi mumkin. Misol uchun sizga shu savolni bergan odamni ham o‘sha mal’un shayton vasvasaga solgan bo‘lishi mumkin. Aynan hajda va ma’lum joylarda shaytonga tosh otish, shayton o‘sha vaqt va joylarda Ibrohim alayhissalomga qutqu solganda u zotni uni tosh otib quvganlari uchundir. Bunda shaytonga qarshi kurashning ramzi bordir.
29 Aprel 2022, 03:36 | Savol-javoblar | 229 | Ibodatlar