KATTA ShIRKGA KIRADIMI?
ASSALOMU ALAYKUM VA ROXMATULLOXI VA BORAKOTUXU ShAYX XAZRATLARI.Sizga Alloxdan omonlik tilab,savol berishga jazm etgan muxlisingizni savolini javobsiz koldirmaysiz degan umiddaman.Savolim shirk xakida.Bizda Xorazmda shirkning bu kurinishlari juda avj olgan.Ya’ni kimning (kupchilikning)uyiga karamang,u uyning shundok kurinib turadigan teparok kismiga shishaga solib kuyilgan TUZ,KALAMPIR yoki KUChKORning shoxi osilib turgan buladi.Bularning osishdan maksad kuz tegishidan saklaydi deb e’tikod kilishadi.Dinni tushunmaydigan odamlar mayli,ammo achinarli xolat shundaki musulmon bulib namoz ukiydigan ba’zi birodarlar xam shu narsalarni kuz tegishidan saklaydi deb e’tikod kilib uylariga osib kuyishadi.Men kup marta shunday narsalarni osib kuyganlarga bu amallar shirk ekanligini aytganman,ammo xatto namozxon birodarlar xam kulok osishmayapti.Xazrat uzingiz bu narsalarning shirk ekanligini aytsangiz balki xech bulmaganda namozxon birodarlar sizning javobingizni ukib tugri yulga tushib olishar deb umid kilyapman.1-savol Ayting xazrat bu kabi e’tikod kilib kuz tegishidan saklaydi deb TUZ,KALAMPIR va KUChKORning shoxini osib kuyish bu ALLOXni kuyib,boshka narsalarga siginishga kirmaydimi?2-savol Ya’ni BUTPARASTLIKdan farki yuk emasmi?3-savol Bu katta ShIRKga kiradimi? Javoblaringiz uchun ALLOX sizdan rozi bulsin Omiyn ALLOXU AKBAR
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
2587. Oisha roziyallohu anho aytadilar:«Ko‘zi tekkanga amr qilinardi. U tahorat qilardi. Keyin o‘sha suv ila ko‘z tekkan g‘usl qilardi».Abu Dovud rivoyat qilgan.Sharh: Bu erda ham sirni tushunmaganlarimiz, bemor boshqa bo‘lsa-yu, uning bemor bo‘lishiga sabab bo‘lganni tahorat qildirishdan nima foyda bor, deyishimiz mumkin. Ulamolarimiz bu shubhaga ham qoniqarli javob berganlar.Ilonning zahariga qarshi dori tayyorlash uchun o‘sha ilonning go‘shti ishlatilar ekan. Zaharli narsa chaqqanda uni o‘ldirilsa, chaqqani alami kesilishi hammaga ma’lum.Ko‘z tegishi ham xuddi shunga o‘xshagan narsa. Ko‘zi bor odam qo‘lida birovni kuydirish uchun olov ushlab turgan odamga o‘xshaydi. Uning qo‘lidagi olovni o‘chirsang xavf-xatar ketadi. Bir narsaning davosi unga zid narsa ila bo‘ladi. Modomiki ko‘z tegish ila paydo bo‘lgan xastalik ko‘zi bor odamning yomon ruhiy ta’siridan kelib chiqqan ekan, uning o‘zidagi o‘sha yomon ruhiyatni o‘zgartishga harakat qilinadi. Avvalo, undan bemorning haqiga duo qilish so‘raladi. Bu bilan uning bemorga nisbatan bo‘lgan ruhiy holati yaxshilik tomon burila boshlaydi. So‘ngra undan ushbu rivoyatda aytilgan joylarini yuvish va tahorat qilish so‘raladi. E’tibor beradigan bo‘lsak, o‘sha yuvishda uning badanidagi eng hassos, qalbga ta’sir qiladigan joylari yuviladi. Shu bilan qalbidagi yomonlik o‘ti o‘chadi va bemorga ta’siri tugaydi. Ana o‘sha suvni bemorning ustidan quyilsa, xuddi dorini quygandek bo‘ladi.Shu bilan birga, ko‘z tegishini oldini olish ham tavsiya qilinadi. Buning uchun ko‘zga yaqin joylarni to‘sib yurish maslahat beriladi.Imom Bag‘aviy «Sharhi Sunna» kitobida qu¬yidagi rivoyatni keltirgan ekanlar:«Usmon roziyallohu anhu bir xushsurat bolani ko‘rib qolib, bunga ko‘z tegmasligi uchun kuldirgichini berkitib qo‘yinglar, dedi».Yana ko‘z tegishining oldini oladigan narsalardan biri biror narsani ko‘rib ajablangan odamning, mashaallohu, la quvvata illa billahi, demog‘ligidir.Hishom ibn Urva roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, u kishi o‘zlarini ajablantiradigan biror narsani ko‘rsalar yoki o‘z bog‘laridan biriga kirsalar, mashaallohu, la quvvata illa billahi, der ekanlar.Alloh taolo Qur’oni Karimda o‘z bog‘i ila faxrlangan kofirga nasihat qilgan banda tilidan:«Bog‘ingga kirganingda: «Allohning xohlagani, Allohdan boshqada quvvat yo‘q», desayding», degan. Ey kofir, sen faxrlanayotgan bog‘ni senga Alloh bergan, agar Alloh bermaganida, sening qo‘lingdan hech narsa kelmas edi. Shuning uchun bog‘ingga kirsang:«Mashaallohu, la quvvata illa billahi» — «Allohning xohlagani, Allohdan boshqada quvvat yo‘q», desayding».Bunday deyishing senga ne’mat bergan Zotni tan olishingni va Uning quvvatiga ishonishingni bildiradi. Shu bilan birga, ojizligingni ham tan olishing bo‘ladi. Ana shunda senga Alloh bergan ne’mat ham bardavom bo‘ladi.Shu oyat ma’nosiga binoan musulmonlar o‘zlarini ajablantiradigan, xursand qiladigan bir narsani ko‘rsalar yoki eshitsalar, xabar topsalar ko‘z tegmasin degan maqsadda: «Mashaallohu, la quvvata illa billahi», derlar. Bu ham musulmon inson madaniyatining belgisidir.Gohida bandaga sehr va ko‘z tegishi orqali ham musibat etadi. Shuning uchun musulmon odam mazkur ikki narsadan saqlanish yo‘llarini yaxshi bilib olishi kerak. Saqlanish muolaja qilishdan ko‘ra osonroqdir. Sehr va ko‘z tegishdan saqlanish bir necha uslublar ila amalga oshadi1. Tavhid ila ruhni tetiklashtirish.2. Borliqdagi barcha narsaning tasarrufini faqatgina Alloh taoloning O‘zi qilishiga iymon keltirish.3. Yaxshiliklarni ko‘p qilish.4. Sehrgarligi va ko‘zi borligi ila mashhur bo‘lgan odamlardan uzoqda bo‘lish.5. Allohdan sehr va ko‘z tegishidan panoh so‘rab kerakli duo va zikrlarni o‘qib yurish. 6. Mazkur duo va zikrlar haq ekani va ularning foydasi borligiga iymon keltirish. Mazkur iymon qancha kuchli bo‘lsa, ta’sir ham shuncha kuchli bo‘ladi.7. Mazkur duo va zikrlarni aytganda qalbi hozir bo‘lishi. Chunki g‘ofil qalb ila qilingan duo qabul bo‘lmaydi.8. Kunduzgi duo va zikrlar bomdod va kechkilari asr namozidan keyin aytiladi. 9. Oyatul Kursiy, Baqara surasining oxirgi ikki oyati, Ixlos, Falaq va Nas suralari sehr va ko‘z tegishidan saqlanish uchun o‘qiladi. Boshqa duo¬lar va zikr¬lar ushbu kitobning tegishli joyida kelgan.10. Sehrlanib qolganlik va ko‘z tekkanlik alomatlari quyidagicha: kishining a’zolari sog‘ bo‘la turib boshining u er bu eri og‘risa, yuzi sarg‘aysa, ko‘p terlasa va siysa, ishtahasi yo‘qolsa, yuragi bejo bo‘lsa, belining va ikki kuragining pas-tida og‘riq bo‘lsa, uzrsiz xafalik va yurak siqilishi bo‘lsa, unga sehr yoki ko‘z tekkan bo‘ladi. Shuningdek, bekordan-bekorga xavfsirayversa, achchig‘i chiqaversa, odamlarga qo‘shilgisi kelmay qolsa, dangasa bo‘lib qolsa, uyqusi kelaversa, qo‘yingki, tibbiyotga oid bo‘lmagan holatlarga uchrasa, unga sehr yoki ko‘z tekkan bo‘ladi.Musulmon odamning iymoni va qalbi kuchli bo‘lib vasvasaga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Sehr qilingan odam bir necha yo‘l bilan muolaja qilinadi.Birinchisi, sehrning joyi aniq bo‘lsa, uni olib Falaq va Nas suralarini o‘qib turib tugunlari echiladi. So‘ngra kuydirib yuboriladi.Ikkinchisi, sehrni o‘ziga o‘xshash sehr bilan muolaja qilish. Bu ish haromdir.Uchinchisi, shar’iy dam solish yo‘li bilan muolaja qilinadi. Bunda Fotiha, Falaq va Nas suralarini yoki Payg‘abarimiz alayhissalomdan rivoyat qilingan duolarni o‘qiladi. Imom Abdurrazzoq «Musannaf» nomli kitobida sehrning muolajasi haqida quyidagi ma’noni keltirgan:«Sidrning bargidan ettita olinadi. Ularni ikki toshning orasiga olib tuyiladi. Unga Kofi¬run, Ixlos, Falaq va Nas suralari uch marta o‘qi¬ladi. So‘ngra suvga solib ichiladi va g‘usl qilinadi. Alloh shifo berguncha takror qilinadi».To‘rtinchisi, sehr qilingan narsa qorinda bo‘lsa ich surish, boshqa joyda bo‘lsa, qon olish bilan bo‘shash.11. Dam solishning shartlaridan biri Allohning ismlari va sifatlari hamda rivoyat qilingan duolar bilan bo‘lishidir.12. Dam solish arab tilida yoki ma’nosi tushunarli bo‘lishi shart.13. Dam solish o‘zicha ta’sir qilmasligi, shifoni faqat Allohning O‘zigina berishiga e’tiqod qilmoq shart.14. Dam soluvchi taqvodor, solih musulmon bo‘lishi kerak. U qanchalar taqvodor bo‘lsa, ta’siri shuncha kuchli bo‘ladi.15. Dam solish jarayonida sidqidildan Allohga yuzlanish va yolborish lozim.16. Kishi o‘ziga-o‘zi dam solgani afzal.17. Dam soldiruvchi kishi solih mo‘min bo‘lishi kerak.18. Dam soldiruvchi kishi shifoni ixlos bilan Alloh taoloning O‘zidan so‘rashi lozim.19. Shifo bo‘lmayapti deb shoshilmasligi kerak.20. Ko‘z tegishidan xavfsiragan joylarga tumor, ko‘zning shakli, otning taqasi kabi narsalarni osish mumkin emas.
27 May 2022, 05:56 | Savol-javoblar | 185 | Halol va harom