Fotir surasi 32 oyat

Assalomu alaykum Hurmatli shayx hazratlari. "Fotir" surasi 32 oyatda «Bas, ularning orasida(unga amal qilmay)o‘z joniga(gunoh qilib)jabr qiluvchi ham bor...» deyilgan. Tasvirida o‘z joniga jabr qiluvchimiz, gunohlari kechiriluvchidir, deyilgan. O‘zbekcha tarjima 2004 yil. Bir necha bor o‘qib tushunolmadim, iltimos shuni tasvirlab bersangiz. Alloh rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tasvir degani suvratga olish degani. Qur’oni Karim oyatini tasvir – suvratga olinmaydi. Balki tafsir – sharh – qilinadi. Hech bo‘lmasa, Qur’oni Karimga oid so‘zlari sal e’tibor berib o‘qisangiz bo‘lmaydimi?! Agar to‘g‘ri gapirayotgan bo‘lsangiz, siz aytgan kitobda noto‘g‘ri yozilgan bo‘ladi. To‘g‘risi quyidagicha:«So‘ngra bu kitobni O‘z bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik. Bas, ulardan o‘ziga o‘zi zulm qiluvchilari bor, ulardan o‘rtachalari bor va ulardan Allohning izni ila yaxshiliklarga o‘zuvchilar ham bor. Ana shu ayni ulug‘ fazldir».Bu oyat musulmon ummatining maqomi naqadar ulug‘ ekanligini yaqqol ko‘rsatmoqda. Alloh taolo O‘zining haq kitobiga merosxo‘r qilib barcha ummatlar ichidan aynan musulmon ummatini tanlab olganini aytmoqda.«So‘ngra bu kitobni O‘z bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik».Alloh taolo O‘zining boqiy mo‘tsjizasi bo‘lmish haq kitobi–Qurtsoni Karimni Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatiga meros qilib berdi. Bu inoyatda shon-sharaf ham, juda ulkan mastsuliyat ham bor.Ana shunday shon-sharaf va katta mastsuliyat yuklatilgan ummat ichida turli kishilar mavjud.«Bas, ulardan o‘ziga o‘zi zulm qiluvchilari bor»Ular o‘sha shon-sharafga nomunosib va zimmasidagi mastsuliyatni anglab etmagan osiylardir. Bu toifadagi odamlarning yomonliklari yaxshiliklaridan ko‘p bo‘lgan Ular o‘zlariga ishonib topshirilgan haq kitobga munosib bo‘la olmay o‘zlariga o‘zlari zulm qilganlardir.«ulardan o‘rtachalari bor»Ulamolarimiz «o‘rtachalar»–farz va vojib amallarni ado etadigan, haromlardan uzoq bo‘lgan, batszi mustahablarni tark etib, batszi makruhlarni qilgan kishilardir, derlar.«va ulardan Allohning izni ila yaxshiliklarga o‘zuvchilar ham bor».Ular barcha farz, vojib va sunnat amallarni to‘liq ado etadilar. Barcha harom, shubhali va makruh amallardan uzoqda bo‘ladilar. Buning ustiga nomiga yaxshilik bo‘lsa, hammadan o‘zib etib boradilar.«Ana shu ayni ulug‘ fazldir».

27 May 2022, 05:59 | Savol-javoblar | 242 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar