Ovqatlanishdagi sunnat

Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz alayhissalomdan taomlanish haqida rivoyat qilingan hadisda sunnatga muvofiq ovqatlanishda oshqozonning uchdan birida ovqat, uchdan birida suv va qolgan uchdan birida havo bo‘lishi lozim ekan. Savolim shundan iboratki, biz qaerdan bilamiz oshqozonimizni uchdan biri to‘lganini? Buni(ovqat miqdorini) o‘rtacha hisobi (yoki masalan, necha litr suv oshqozonning uchdan biriga to‘g‘ri keladi) haqida biror fikr bildirilganmi? Yoki buni aniqlashning biror usuli ko‘rsatib o‘tilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu taqsimotning barchaga birdek mos keluvchi o‘lchovi yo‘q, balki har kimning holatiga qarab aniqlanadi. Uni kunlik hojatlariga kifoya qiladigan va zaiflashtirib qo‘ymaydigan miqdorda eyishi uchdan birdan oz miqdordir. Undan biroz oshirishi bilan o‘sha uchdan birni topadi. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2022, 18:28 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar