Tushdagilarga ishonsak bo‘ladimi?
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.Savol: Insonlarga Alloh taolo tush ko‘rish ne’matini bergan. Inson tushida ko‘rgan narsalariga qanchalik e’tibor bermog‘i kerak, tushda ko‘rganlarini hayotda sodir bo‘lishiga ishonib qolish yoki shu tushni biror ishga belgi deb tushunish to‘g‘rimi? Xalqimiz orasida tushda tishi to‘kilsa odam vafot etadi va shunga o‘xshash gaplar bor, o‘zimga ham bir necha bor aytishgan, ularga qanday javob bermog‘imiz kerak? Shu xaqida hadislar bo‘lsa batafsil yoritsangiz, chunki bu xaqda kitoblardan ko‘p ma’lumot olomayapman. Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- «Hadis va Hayot» silsilasining bir juzi «Tush va masallar» deb ataladi. Duo qilib turing. Nashr etilsa to‘liq ma’lumot olasiz, inshaAlloh.Abu Hurayradan rivoyat qilinadi«Nabiy alayhissalom:«Qachon zamon yaqin bo‘lsa, mo‘minning tushi yolg‘on bo‘lmay deb qoladi. Sizlarning tushi rostingiz, gapi rostingizdir. Musulmonning tushi nubuvvatning qirq besh juzidan bir juzdir.Tush uch xildir; Solih tush-Allohdan sevinch bashoratidir. Mahzun tush-shaytondandir. Kishi o‘ziga o‘zi gapirgan narsani tushida ko‘rishi.Agar biringiz o‘ziga yoqmagan narsani tush ko‘rsa, turib namoz o‘qisin. Uni odamlarga aytmasin», dedilar».Bu hadisi sharifda tush haqida bir necha umumiy qoida bo‘lgan haqiqatlar zikr qilinmoqda.1. «Qachon zamon yaqin bo‘lsa, mo‘minning tushi yolg‘on bo‘lmay deb qoladi».Bu jumladagi «zamon yaqin bo‘lishi» tun bilan kunning miqdori bir-biriga yaqinlashib qolishidir. Bu holat bahorda bir va kuzda bir o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chi- qib kunduz bilan kechasining uzunligi teng bo‘ladi. O‘shangacha ulardan biri uzayib ikkinchisi qisqarib keladi va undan keyin aksincha bo‘ladi. Ana o‘sha kun va tun teng bo‘lgan nuqta va uning ikki tarafidagi vaqtlarda ko‘rilgan tushlarning ko‘pi yolg‘on bo‘lmay qoladi. Bundan tushning qandoqligi uning ko‘rilgan vaqtga ham bog‘ligi kelib chiqadi.2. «Sizlarning tushi rostingiz, gapi rostingizdir».Bu jumladan tushning rost va yolg‘onligi tush ko‘ruvchining shaxsiga ham bog‘liq bo‘lishi anglanadi. Rost gapiradigan pokiza odamlarning tushlari rost bo‘lar ekan. Agar odam yolg‘onchi, tutiriqsiz bo‘lsa, tushi ham o‘ziga o‘xshagan bo‘ladi.3. «Musulmonning tushi nubuvvatning qirq besh juzidan bir juzdir».Ushbu jumla imom Buxoriy.ning rivoyatlarida «Solih kishining yaxshi tushi nubuvvatning qirq olti juzidan bir juzdir» shaklida kelgan ekan. Bundan ahli solih kishilarning tushlari katta ahamiyatga ega bo‘lishi kelib chiqadi.4. Tush uch xildir; a) «Solih tush-Allohdan sevinch bashoratidir».Agar musulmon odam tahorat qilib, uxlashning islomiy odoblariga amal qilib, hech narsani o‘ylamay yotgan bo‘lsayu yaxshi tush ko‘rsa, Alloh taolo dan yuborilgan yaxshilik ishora bo‘ladi.b) «Mahzun tush-shaytondandir».Uxlagan odam o‘zini mahzun qiladigan tush ko‘rsa, unga shayton tasir qilgan bo‘ladi.Payg‘ambar alayhissalom.ning imom Buxoriy. rahmatullohi alayhi rivoyat qilgan bir hadisi sharifdalarida:«Hulm-yomon tush shaytondandir. Sizdan kim hulm ko‘rsa, undan panoh tilasin va chap tarafiga tuflasin. O‘shanda unga zarar qilmaydi», deyilgan.v) «Kishi o‘ziga o‘zi gapirgan narsani tushida ko‘rishi».Agar odam biror ish boshiga tushgan bo‘lib o‘shani ko‘p o‘ylab yurgan bo‘lsa o‘sha o‘ylash tasirida tush ko‘radi. Bundoq tushning e’tibori yo‘q bo‘ladi.«Agar biringiz o‘ziga yoqmagan narsani tush ko‘rsa, turib namoz o‘qisin. Uni odamlarga aytmasin», dedilar».Avval aytilgandek, avval chap tarafiga tuflaydi, panoh tilaydi va keyin turib tahorat qilib namoz o‘qiydi. Yana muhim shartlardan biri o‘sha yoqimsiz tushni birovga aytmaslikdir.
21 Aprel 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 208 | Aqiyda