Inson surati xaqida

Assalomu alaykum! Inson vafot etgandan so‘ng uning suratlari devolda osilib turibdi. Rasmlarini olib tashlash kerak deydi, u rasm jon so‘rarmish. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jonli narsalarning suratlarini devorga osib qo‘yish joiz emas. Jonli narsalarning surati bor joyga farishtalar kirmaydi. Surat jon so‘rashi esa bo‘lmagan gap.وَقَالَتْ عَائِشَةُ: دَخَلَ عَلَيَّ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم  وَقَدْ سَتَرْتُ سَهْوَةً لِي بِقِرَامٍ فِيهِ تَمَاثِيلُ، فَلَمَّا رَآهُ هَتَكَهُ وَتَلَوَّنَ وَجْهُهُ، وَقَالَ: «يَا عَائِشَةُ، أَشَدُّ النَّاسِ عَذَابًا عِنْدَ اللهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ الَّذِينَ يُضَاهُونَ بِخَلْقِ اللهِ». قَالَتْ عَائِشَةُ: فَقَطَعْنَاهُ فَجَعَلْنَا مِنْهُ وِسَادَةً أَوْ وِسَادَتَيْنِOisha roziyallohu anho aytdi:
 «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldimga kirdilar. Men tokchamga nafis parda to‘sib qo‘ygan edim. Unda suratlar bor edi. U zot uni ko‘rishlari bilan tortib oldilar va ranglari o‘zgarib: «Ey Oisha! Allohning huzurida qiyomat kuni eng ashaddiy azobga uchraydiganlar Allohning yaratganiga o‘xshatishga uringanlardir», dedilar».
Oisha aytadi:
«Shunda biz uni bo‘lib, bitta yoki ikkita bolish qilib oldik».
Mazkur pardadagi suratlar jonli narsalarning suratlari ekanligi shubhasiz. Avval ham aytib o‘tilganidek, musulmon kishining uyida jonli narsalarning surati bo‘lmasligi lozim. Jumladan, o‘sha surat pardada bo‘lsa ham joiz emas. Ammo kesilgan, yirtilgan holda bolish yoki shunga o‘xshash oyoq osti bo‘ladigan narsalarda bo‘lsa, joiz. Vallohu a’lam!

19 Iyun 2022, 18:02 | Savol-javoblar | 168 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar