Yordam bermagandim qarg‘ashdi

Assalomu alaykum! Imtixon paytida yordam berishlik xiyonatligini bildim, va shu ishni qilmay boshqa qilmayapman, yil oxiri oliy o‘quv yurtlarida o‘qish tugamoqda kursdan kursga o‘tishda imtixonlar topshirilmoq test qo‘yilgan paytlarda yordam bermaganim uchun gruppadoshlarim mandan xafa bo‘lishyapdi xatto do‘stlikni xam yig‘ishtirib qo‘yishyapdi bizni yo‘nalishimiz Tibbiyot sohasi bo‘lsa deb tushintirsam xam ataylab yordam bermayapsan deb xaqorat xam qilishmoqda ko‘ngilmiz og‘ridi Alloh ko‘rib turibdi deb yordam bermandin Alloh ga soldim deyishmoqda ummatga xiyonat qilmaslikka xarakat qilishim yaqinlarimni noroziligiga sabab bo‘lmoqda o‘zim to‘g‘ri ish qilyatkanimga ishonaman lekin kurakda turmaydigon gaplarni eshitib qiynalib ketyapman o‘z yaqinlarimdan, nima qilsam bo‘ladi maslaxat bering
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni bilib turib nohaq qarg‘ashayotgan ekan, bunday qarg‘ishlari o‘zlariga qaytadi. Parvo qilmang. Vallohu a’lam!

22 Iyun 2022, 13:42 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar