Savdoda bilmay firibgarlik qilib qo‘yish
Assalomu alaykum ustozlar. O‘tgan yili bir gunoh ishga aralashib qolgandim. Tog‘am Xitoydan 2 ta paddelka telefon olib kelgan edi. Bir muddat o‘zida turgandan keyin ikkalasini menga internetda sotib berish uchun bergandi. Men ularni internetga qo‘yib, sotib olish uchun telefon qilgan odamlarga javob berib, ularga telefon haqida ma’lumot berardim. Telefon qilganlarga ular paddelka telefonligini, ularga hamma kerak xarakteristikalarini aytardim. (U telefonni originali juda qimmat aslida). Keyin bir kuni bir nasroniy millatiga mansub odam telefon qilib telefon yoqganligini, iloji bo‘lsa ko‘rishib mahsulotni ishlatib ko‘rishni so‘radi. Men rozi bo‘ldim. Ko‘rishganimizda u telefonni ochib ishlatib ko‘rdi va unga yoqdi. Telefonni juda maqtadi. Men oldin u odam bunaqa telefon ishlatgan yoki usta bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Pulini ham yonida olib kelgan ekan. Menga o‘sha erda berdi. Savdoni qilib bo‘lib tarqaldik. O‘sha kuni kechqurun menga telegramda u telefonni sig‘imi juda kechkina ekanliginu yozdi. Bor yog‘i bir necha megabayt ekan. (Telefonni karobkasida 128GB deb yozilgandi. Men ham sotganimda shunday deb sotgandim). So‘ngra men unga telefonda noto‘g‘ri ko‘rsatayotgan bo‘lsa kerak dedim. Pulini qaytarib olishni so‘rasa kerak deb o‘ylab osha telefon raqamimni kompaniyadan butunlay o‘chirtirib tashadim. Chunki ungacha sotgan 700ming so‘m pulimni 200 mingini o‘zim ishlatib qolgan 500 ming so‘mini tog‘amga berib yuborgandim. O‘sha ishni qilib juda noqulay bo‘ldim. Telefonni ikkinchisini egasiga qaytarib berdim meni bunaqa narsaga aralshtirmanglar deb. Mana oradan vaqt o‘tib bugun Umar ibn Xattob serialida Amirul Mo‘minining «savdo sotiqdan, halol xaromdan xabari yo‘qlar savdoga aralashmasin» deganini eshitib o‘sha qilgan qabih ishim esimga tushdi Ustozlar maslahat bering, qanday qilib u gunhohimni kafforatini to‘lasam bo‘ladi? U odamni topa olmasam kerak menimcha. Juda yomon narsa ekan bu o‘rtakashlik. Alloh O‘zi to‘g‘ri yo‘lidan adashtirmasin. Alloh sizlardan rozi bulsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U odamni toping va haqqini bering. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:34 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U odamni toping va haqqini bering. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:34 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat