Ushbu 2 rakatlik namozni istalgan vaqt o‘qisa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Biror bir man uchun muhim bo‘lgan ishni qilishdan oldin masjidga borib "Alloh roziligi uchun 2 rakat namoz o‘qimoqlikka " deb niyat qilib namoz o‘qib so‘ng Allohdan shu ishni qilishda yordam berishini so‘rab duo qilayabman va a’lo natijasini o‘sha zahoti ko‘rayabman, Alhamdulillah. Shu namozni kunning istalgan vaqti o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyosh chiqayotganda, tik bo‘lganda, quyosh botayotganda, bomdod vaqti kirganidan so‘ng to quyosh chiqqunicha, asr namozini o‘qiganingizdan so‘ng to quyosh botgunicha bo‘lgan vaqtlardan boshqasida o‘qishingiz joiz. Har kuni o‘qiyvering. Hech qanaqa sharti yo‘q. Bir narsa, ijobat bo‘lmayapti degan gapga shoshilmang. Alloh albatta bermasdan qo‘ymaydi, vaqti biroz kechikishi mumkin. Vallohu a’lam!

29 Iyun 2022, 09:46 | Savol-javoblar | 210 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar