Qilgan yaxshi amallarini gapirish

Assalomu alaykum Shayx Hazratlari.Menda qilgan savob ishlarim bilan maqtanish odati bor. Shuni hech tashlolmayapman. Maqtanish desam bo‘lmasu, gapirib yuborish odati. Allohning bergan ne‘matlari oldida qilayotgan amallarimiz juda-juda kichik ekanini bilaman. Saytda riyo haqidagi maqolada oshkor amal bilan maxfiy amal o‘rtasida 70 daraja borligini o‘qidim. Keyin yana bir joyda Allohning bergan ne‘matlarini gapirish kerakligini o‘qib qoldim. Menga ma‘ruf ish qilishga hidoyat bergan, quvvat bergan, qodir qilgan Allohning ne‘mati sifatida gapirsa bo‘ladimi? Yoki bu odatni tark etish kerakmi?Javobingiz uchun oldindan rahmat.Assalomu alaykum
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘ziga etgan ne’matni gapirsa bo‘ladi. O‘zini qilganini maqtanish mumkin emas.

4 May 2022, 03:52 | Savol-javoblar | 137 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar